2024-yil 17-aprelda chiqarilgan
2024-yil 17-maydan kuchga kirgan
TikTok oilaga juda mos keladiganidan tortib to voyaga yetganlarga moʻljallangangacha boʻlgan kontentni taqdim etadi. Global hamjamiyatimizning xilma-xilligini inobatga olgan holda, rivojlanish va madaniy mulohazalar ayrimlar tomonidan haqoratomuz deb hisoblanishi mumkin boʻlgan qaltis va voyaga yetganlarga moʻljallangan kontentga boʻlgan munosabatimizni bildiradi. Mahalliy muhitni hurmat qilish va bir mamlakatning meʼyorlarini boshqasiga yuklamaslik tamoyilimizga rioya qilish uchun ushbu boʻlimdagi koʻrsatmalardan ayrim istisnolar hududlarga qarab farq qiladi.
TikTok – bu siz jinsiy munosabat, jinsiy aloqa yoki reproduktiv salomatlik haqida suhbatlashish yoki oʻrganish uchun kirishingiz mumkin boʻlgan joydir. Ayrim kontentlar yoshlar uchun mos kelmasligi, ayrimlar tomonidan haqoratomuz deb hisoblanishi yoki ekspluatatsiya qilish ehtimolini yaratishi mumkinligini yodda tutamiz. Shahvoniy xatti-harakat yoki xizmatlarga ruxsat berilmaydi. Bunga jinsiy aloqa, jinsiy qoʻzgʻalish, fetish va buzuq xatti-harakatlar, jinsiy xizmatlarni qidirish yoki taklif qilish kiradi. Lekin unga reproduktiv salomatlik va jinsiy taʼlim kontenti kirmaydi. Lekin unga reproduktiv salomatlik va jinsiy taʼlim kontenti kirmaydi.
Batafsil
Fetish va buzuq xatti-harakatga BDSM (qullik, intizom, hukmronlik, boʻysunish, sadizm va mazoxizm) va noinsoniy narsalar yoki tananing muayyan qismlari (masalan, oyoq fetishi) bilan jinsiy xatti-harakatlar kiradi.
Reproduktiv salomatlik reproduktiv tizim, uning funksiyalari va jarayonlari bilan bogʻliq barcha masalalarda jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlikni bildiradi.
Jinsiy taʼlim jinsiy aloqa, shahvoniylik, jinsiy salomatlik va munosabatlar bilan bogʻliq turli xil mavzularni bildiradi.
RUXSAT BERILMAYDI
RUXSAT BERILADI
Biz barcha shakl va oʻlchamlarni olqishlaymiz hamda oʻzingiz va tanangizni aks ettirishda oʻzingizni qulay his qilishingizni xohlaymiz. Biz jamiyatlar tanani koʻrsatish va kiyim-kechaklarga turlicha munosabatda boʻlishini tushunamiz, shuning uchun mavjud madaniy meʼyorlarni aks ettirishga intilamiz. Biz yalangʻochlikka ruxsat bermaymiz. Bu yalangʻoch jinsiy aʼzolar, dumba, ayollar yoki qizlarning koʻkragi va shaffof kiyimni oʻz ichiga oladi.
Biz yoshlarning rivojlanishiga mos tajribani taqdim etishni istaymiz. Biz yoshlar tanasining yarim yalangʻochligi yoki sezilarli darajada koʻrsatilishiga ruxsat bermaymiz. Agar kontent chaqirilmagan jinsiy aloqa xavfiga sabab boʻladigan yosh shaxsning tanasini ochiq koʻrsatsa bu kontent FYF uchun mos kelmaydi.
Keng auditoriya uchun mos kelmaydigan kontentni kengaytirishni istamaymiz. Kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va katta yoshlining yarim yalangʻoch holatini koʻrsatsa, FYF uchun yaroqsiz boʻladi. Biz madaniy amaliyotlar kabi cheklangan holatlarda tanani koʻrsatish uchun hududiy istisnolarga ruxsat beramiz.
Batafsil
Yalangʻochlik kiyimsiz boʻlish va mavjud madaniy amaliyotlar toʻliq yopilishi kerakligini bildiradigan intim tana qismlarini aks ettirishdir. Bu ayollar yoki qizlarning yalangʻoch koʻkragini oʻz ichiga oladi, lekin erkaklar va bolalar (jumladan, transgender yoki interseksniki) yoki binar boʻlmagan odamlarniki bundan mustasno. Biz jinsini binar maʼnosida tasvirlamaydigan shaxslar borligini tushunamiz va ushbu siyosatni tatbiq qilish murakkabligini tan olamiz. Bunday kontentni tekshirishda biz tagyozuvlar, heshteglar va tarjimai hol kabi birinchi tomon axboroti va koʻrsatkichlari yordamida kimdir oʻzini qanday tasvirlashini oʻrganishdan boshlaymiz va keyin shaxs oʻzini qanday ifodalashiga ham qarashimiz mumkin.
Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).
Yarim yalangʻochlik – asosiy qismi yalangʻoch boʻlishi va yalangʻoch holatga yaqin boʻlish, masalan, bevosita yalangʻochlik yoki intim tana qismlarini minimal yopadigan kiyimlar kiyish.
Tananing sezilarli darajada koʻrsatilishi – kiyim kiyish lekin intim tana qismlarining qisman ochiq turishi yoki faqat ichki kiyim kabi intim kiyimlarni kiyish.
RUXSAT BERILMAYDI
CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)
FYF UCHUN MOS EMAS
RUXSAT BERILADI
Biz ijodiy ifodalash, madaniyatni olqishlash yoki koʻngil ochishga intilishni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Jinsiy qoʻzgʻalish yoki taklif qilish bilan bogʻliq ayrim xatti-harakatlar baʼzi odamlar uchun haqoratli boʻlishi va yoshlarni ekspluatatsiya qilish xavfiga olib kelishi mumkinligini yodda tutamiz. Shahvoniy tavsiyani maqsad qilgan yoshlar kontentiga ruxsat bermaymiz. Bu shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki shahvoniy xatti-harakatlarni qamrab oladi. Biz har kim tomonidan bevosita shahvoniy tilga ruxsat bermaymiz. Biz tarona matni kabi shahvoniy havolali ayrim badiiy kontentlarga ruxsat beramiz.
Agar u shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki kattalarning shahvoniy xatti-harakatlari yoki jinsiy yaqinlik mahsulotlarini koʻrsatsa, kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va FYF uchun mos kelmaydi.
Batafsil
Boshqa odamlar sizni jinsiy qoʻzgʻatuvchi deb topishi qoidalarga zid emasligini tushunish uchun niyatga qaraladi. Lekin biz niyat subyektiv boʻlishi mumkinligini ham tasdiqlaymiz. Uni tushunishga yordam berish uchun biz obyektiv indikatorlar, jumladan, bio, heshteglar, taglavhalar (masalan, “koʻrgan narsangiz yoqdimi”) yoki tovushlardan (masalan, inqillash) foydalanamiz. Shuningdek, turli hududlarda shahvoniy mazmunda deb hisoblangan narsalarga nisbatan turlicha qarashlar mavjudligini tan olamiz, bu esa baholashimizni tasdiqlaydi.
Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).
Shahvoniy oʻpishish – jinsiy qoʻzgʻalish yoki jinsiy aloqaning boshlanishini koʻrsatadigan oʻpishni bildiradi.
Shahvoniy kadr – kiyimli intim tana qismlarini usullar, masalan, suratga olish, tahrirlash yoki tana qismini kameraning oldiga joylash orqali qasddan urgʻu beradigan kontent.
Shahvoniy xatti-harakat – shahvoniy qoʻzgʻatuvchi sifatida boʻlishi belgilangan xatti-harakatlar, jumladan, intim tana qismlariga urgʻu beradigan ijro yoki takroriy tana harakatlari va shahvoniy jinsiy harakatlar.
Jinsiy aloq mahsulotlari – jinsiy lazzat olish uchun ishlatilishi moʻljallangan obyekt yoik qurilma, masalan, jinsiy oʻyinchoq.
RUXSAT BERILMAYDI
CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)
FYF UCHUN MOS EMAS
RUXSAT BERILADI
TikTok quvonchining bir qismi yangi va kutilmagan kontent hisoblanadi. Lekin platforma boshqalarni qasddan shokka tushirish, xafa qilish yoki jirkantirish uchun moʻljallanmagan. Biz bu turdagi kontent qoʻzgʻatuvchi ekani, psixologik shikast yetkazishi yoki oʻta noqulaylik tugʻdirishi mumkinligini tan olamiz. Biz dahshatli, qoʻrqinchli, bezovta qiluvchi yoki haddan ortiq zoʻravonlik aks etgan kontentga ruxsat bermaymiz.
Agar inson yoki hayvonlar qoni, haddan ortiq jismoniy kurash yoki qoidalarimizni buzishi mumkin boʻlgan voqealarning shafqatsiz tasvirlari, lekin koʻrish uchun jamoat qiziqishi tarkibida boʻlsa, kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va FYF uchun mos kelmaydi. Agar kontent xayoliy shafqatsiz zoʻravonlik yoki potensial bezovta qiluvchi yoki yengil shafqatsiz materialni koʻrsatsa, kontent FYF uchun yaroqsiz hisoblanadi.
TikTok taassurotingizni boshqarishingizga yordam berish uchun biz inson yoki hayvonlarning qoni, yovvoyi hayvonlarning bir-biriga hujum qilishi, professional janglar va ehtimoliy qaygʻuli yoki yengil shafqatsiz materiallar kabi ayrim kontentlarga “rozilik bildirish” ekrani yoki ogohlantirish axborotlarini tatbiq qilamiz.
Batafsil
RUXSAT BERILMAYDI
CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)
FYF UCHUN MOS EMAS
RUXSAT BERILADI
TikTok hayvonlarni hurmat qiladigan va ular turli madaniyat va hududlarda hayotimizni boyitish yoʻllarini olqishlaydigan joy boʻlishini istaymiz. Biz hayvonlarni tahqirlash, ularga nisbatan shafqatsizlik, eʼtiborsizlik, savdo yoki hayvonlarni ekspluatatsiya qilishning boshqa shakllariga ruxsat bermaymiz.
Hayvonlarni tahqirlash, jumladan, hududingizda hayvonlarni himoya qilish tashkilotlariga qanday murojaat qilish haqida bilib oling.
Batafsil
RUXSAT BERILMAYDI
RUXSAT BERILADI