TikTok LogoTikTok Logo
Nazorat qilinadigan mahsulotlar va tijorat faoliyati

Nazorat qilinadigan mahsulotlar va tijorat faoliyati

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

TikTok nazorat qilinadigan mahsulotlar yoki tijoriy faoliyatlar haqida axborot ulashish yoki qidirish uchun joydir. Biz sizga jismoniy yoki moliyaviy zarar yetkazish xavfi boʻlmagan holda oʻrganish imkoniyatini taqdim etish uchun xavfli, oʻziga qaram qiluvchi, xatarli, firibgar yoki yuqori darajadagi parvarish talab qiladigan mahsulotlar yoki faoliyatlarni oʻz ichiga olgan kontentni moderatsiya qilamiz. Ayrim mahsulotlar va xizmatlar (masalan, qimor oʻyinlari va spirtli ichimliklar) uchun biz TikTokning aniq ruxsati bilan reklama beruvchilarning pulli reklamalari uchun cheklangan istisnolar qilamiz, agar ular yoshga oid barcha cheklovlar, qonun va normativ hujjatlarga muvofiq boʻlsa (reklama siyosatimiz haqida batafsil axborot oling).

Qimor oʻyinlari

Dunyo boʻylab koʻplab odamlar tasodifiy oʻyinlar orqali hordiq chiqaradi. Biz oʻyin yoki garovda pulni xavf ostiga qoʻyish ayrim odamlar uchun ehtimoliy zararga, jumladan, jiddiy moliyaviy yoʻqotish yoki ruhiy salomatlik muammolariga olib kelishi mumkinligini tushunamiz. Biz qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni amalga oshirish yoki reklama qilishga ruxsat bermaymiz.

Qimor yoshlarni yuqori darajada zararli xatar ostiga qoʻyishi va barcha auditoriya uchun ham mos kelmasligini bilamiz. Kontent qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni koʻrsatsa yoki maqtasa, u cheklanadi (18 yosh va undan katta) va FYF da chiqmaydi.

Batafsil

Qimor oʻyinlari – bu natijasi noaniq boʻlgan hodisaga moliyaviy daromad olish uchun pul (jumladan, bitcoin kabi raqamli valyutalar) yoki pul qiymatiga ega boʻlgan narsani tikishdir.

Qimor kabi faoliyatlar – qimor darajasiga chiqmaydigan, lekin xatti-harakatlari oʻxshash yoki shu kabi xatarlarlari bor faoliyatlar, masalan, ijtimoiy kazinolar va qimorga aloqador dasturlar.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni bajarish, masalan, qimor xizmatiga havola ulashish
  • Qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni reklama qilish, odamlarni vebsaytga kirishga unday yoki havola taqdim etish

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

  • Qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni koʻrsatish yoki maqtash, masalan, qimor oʻynaydigan shaxsni kadrga olish yoki qimor haqida umumiy ijobiy bayonotlar berish

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni koʻrsatish yoki maqtash, masalan, qimor oʻynaydigan shaxsni kadrga olish yoki qimor haqida umumiy ijobiy bayonotlar berish

RUXSAT BERILADI

  • Barcha TikTok talablari va barcha tegishli yoshga qaratilgan cheklovlar, qonunlar va nizomlarga muvofiq pulli reklamalar uchun cheklangan istisnolar boʻladi.

Spirtli ichimliklar, tamaki va giyohvand moddalar

Voyaga yetganlar alkogol, giyohvandlik va tamaki bilan qanday munosabatda boʻlishi haqida shaxsiy tanlov qilishsa-da, biz ushbu moddalarni sotish va ishlatish bilan bogʻliq xavflar mavjudligini tan olamiz. Biz spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari yoki giyohvand moddalar savdosiga ruxsat bermaymiz. Biz giyohvand moddalarni koʻrsatish, tasarruf qilish yoki foydalanishgaruxsat bermaymiz.

Biz ushbu moddalar yoshlarga zarar yetkazish xavfini oshirishi mumkinligini tushunamiz. Biz yoshlarga alkogol, tamaki mahsulotlari yoki giyohvand moddalarni koʻrsatishga ruxsat bermaymiz.

Kontent giyohvand moddalar yoki boshqa tartibga solinadigan moddalar, kattalar spirtli ichimliklarning koʻp miqdorini isteʼmol qilayotganini koʻrsatsa yoki tamaki mahsulotlarini targʻib qilsa content cheklanadi (18 yosh va undan katta). Kattalar tamaki mahsulotlaridan foydalanishni koʻrsatsa, uontentcheklanadi (18 yosh va undan katta) va FYF da chiqmaydi.

Moddadan foydalanish haqida batafsil bilib oling hamda davolash, dastaklash va tiklash resurslari haqida batafsil axborot toping.

Batafsil

Tamaki mahsulotlariga veyping mahsulotlari, tutunsiz yoki yonuvchi tamaki mahsulotlari, sintetik nikotin mahsulotlari, elektron sigaretalar va boshqa elektron nikotin yetkazish tizimlari kiradi.

Tartibga solinadigan moddalar retsept asosidagi dorilar, retseptsiz dorilar, siqilgan havo kaniterlari (uippetlar) va nitrit popperlar.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, giyohvand moddalar yoki boshqa nazorat qilinadigan moddalar xarid qilinishiga yordamlashish
  • Tamaki mahsulotlari, giyohvand moddalar yoki boshqa nazorat qilinadigan modda reklamasi
  • Uyda tayyorlangan spirtli ichimliklar, dorilar yoki boshqa nazorat qilinadigan moddalarni tayyorlash yuzasidan koʻrsatmalar berish
  • Giyohvand moddalar yoki boshqa tartibga solinadigan moddalarni koʻrsatish yoki dam olish maqsadlarda foydalanish, jumladan, taʼsir ostidaligini koʻrsatuvchi belgilar
  • Yoshlar spirtli ichimlik, tamaki mahsulotlari, giyohvand moddalar yoki boshqa tartibga solinadigan moddalarni tasarruf qilishi yoki foydalanishini koʻrsatish
  • Antigistamin vositalari, muskat yongʻogʻi, azot oksidi kanistrlari yoki hidlash yelimi kabi mast boʻlish uchun oddiy uy-roʻzgʻor buyumlari yoki retseptsiz sotiladigan mahsulotlardan notoʻgʻri foydalanishni aks ettirish

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

  • Giyohvand moddalar yoki boshqa tartibga solinuvchi moddalarni muhokama qilish (modda ishlatilmasligi yoki koʻrsatilmasligi sharti bilan)
  • Kattalarning spirtli ichimliklarni haddan tashqari isteʼmol qilishini koʻrsatish
  • Tamaki mahsulotlarini targʻib qilish
  • Kattalarning tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishini koʻrsatish
  • Spirtli ichimliklarni targʻib qilish

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Giyohvand moddalar yoki boshqa tartibga solinuvchi moddalarni muhokama qilish (modda ishlatilmasligi yoki koʻrsatilmasligi sharti bilan)
  • Kattalarning spirtli ichimliklarni haddan tashqari isteʼmol qilishini koʻrsatish
  • Tamaki mahsulotlarini targʻib qilish

RUXSAT BERILADI

  • Giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilish haqida xabardorlikni oshirish va tiklanish hikoyalarini ulashish
  • Giyohvand moddalar siyosati va normativ hujjatlarini isloh qilishni targʻib qilish

Oʻqotar qurollar va xavfli qurollar

TikTok qurollardan masʼuliyatli foydalanish va ularga egalik qilish haqida maʼlumotlar, shu jumladan, jiddiy zararning yuzaga kelishi ehtimoli haqida maʼlumot ulashiladigan yoki qidiriladigan joy. Oʻqotar qurollar va portlovchi qurollar, ayniqsa xavfli tarzda ishlatilsa, jiddiy jarohat yoki oʻlimga olib kelishi mumkin. Agar oʻqotar qurollar yoki portlovchi qurollar xavfsiz yoki tegishli sharoitda ishlatilmasa, biz ularning savdosi yoki reklamasiga yoki ularni aks ettiruvchi yoki targʻib qiluvchi kontentga ruxsat bermaymiz.

Batafsil

Oʻqotar qurollarga professional ishlab chiqarilgan oʻqotar qurollar, qoʻlbola oʻqotar qurollar (masalan, arvoh qurollar yoki 3D bosma qurollar), oʻqotar qurollar aksessuarlari va oʻq-dorilar kiradi.

Xavfsiz yoki tegishli sharoitlarga professional kontekstlar (masalan, harbiy va politsiya), dam olish muhitlari (masalan, otishma poligonlari va ovchilik), taʼlim kontekstlari va xayoliy muhit kiradi.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Oʻqotar qurollar yoki portlovchi qurollar savdosiga koʻmaklashish yoki ularni yasash boʻyicha koʻrsatmalar berish
  • Oʻqotar qurollar yoki portlovchi qurollar reklamasi
  • Xavfsiz yoki tegishli sharoitda ishlatilmaydigan oʻqotar yoki portlovchi qurollarni aks ettirish yoki targʻib qilish

Nazorat qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar savdosi

Nazorat qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar aksar hollarda muhim va ahamiyatli rol oʻynaydi. Va bu narsalar biror sababga koʻra nazorat qilinishini tushunish muhimdir. TikTok noqonuniy trafik yoki savdo joyi yoki norasmiy bozor (qora yoki kulrang bozorlar) emas. Nazorat qilinadigan, taqiqlangan yoki yuqori xavfli mahsulotlar va xizmatlar savdosi yoki reklamasiga yordamlashishga ruxsat bermaymiz. Bu spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, nazorat qilinadigan moddalar, oʻqotar qurollar va boshqa xavfli qurollar, jinsiy xizmatlar, hayvonlar, kontrabanda tovarlari va nazorat qilinadigan moddalar yoki oʻqotar qurollar ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi.

Batafsil

Mahsulotlar va xizmatlarni sotish, xarid qilish, qayta yoʻnaltirish, ayirboshlash va hadyali tanlov kiradi. Bunga veb-sahifalar yoki jismoniy geolokatsiyalarni taqdim etish, kontakt axborotini ulashish va odamlarni platformada yoki undan tashqarida (jumladan, bevosita xabarlashuv) munosabatga kirishish uchun yoʻnaltirish kiradi.

Tamaki mahsulotlariga veyping mahsulotlari, tutunsiz va yonuvchi tamaki mahsulotlari, sintetik nikotin mahsulotlari, elektron sigaretalar va boshqa elektron nikotin yetkazish tizimlari kiradi.

Tartibga solinadigan moddalar retsept asosidagi dorilar, retseptsiz dorilar, siqilgan havo kaniterlari (uippetlar) va nitrit popperlar.

Oʻqotar qurollarga professional ishlab chiqarilgan oʻqotar qurollar, qoʻlbola oʻqotar qurollar (masalan, arvoh qurollar yoki 3D bosma qurollar), oʻqotar qurollar aksessuarlari va oʻq-dorilar kiradi.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Nazorat qilinadigan, taqiqlangan yoki yuqori xavfli mahsulotlar va xizmatlar savdosi yoki reklamasiga yordamlashish, jumladan:
    • Qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlar
    • Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari
    • Qonuniy giyohvand moddalar, retsept bilan va retseptsiz dorilar, ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlari va boshqa tartibga olinadigan moddalar
    • Oʻqotar qurollar va portlovchi qurollar
    • Hashamatli mahsulotlarning soxta mahsulotlari
    • Soxta valyuta, hujjatlar va oʻgʻirlangan axborotlar
    • Ishtirokni sunʼiy oshiradigan xizmatlar
    • Jinsiy harakatlar, jumladan, jinsiy xizmatlarni taklif qilish yoki soʻrash (jinsiy aloqa taklif qilish), jinsiy chatlar, tasvirlar, pornografiya, aʼzolarga oid ekskluziv kontent hamda yechinish, yalangʻoch modellik yoki masturbatsiya (sekskamming) kabi voyaga yetganlar uchun kontentni veb-kamera orqali striming qilish
    • Tirik hayvonlar va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonning har qanday qismi, masalan, fil tish suyagi, yoʻlbars suyaklari, karkidon shoxlari va dengiz toshbaqasi qobigʻidan tayyorlangan mahsulotlar yoki dori-darmonlar
    • Nafratomuz logotipli kitoblar va kiyim-kechaklar kabi haqorat, nafratomuz mafkura yoki nafratparast tashkilotlarni targʻib qiluvchi har qanday narsalar

Tijoriy oshkor qilish va pulli marketing

Biz haqiqiy fikrlarni qadrlaymiz va TikTokda mahsulotlar va xizmatlar haqidagi muhokamalar ochiq va toʻgʻri boʻlishini xohlaymiz. Odamlarni chalgʻitmaslik uchun bayonotlaringiz ishonchliligiga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday moddiy munosabatlarni tan olish muhimdir. Agar biznes, mahsulot yoki xizmatni reklama qilsangiz, buni kontentni oshkor qilish sozlamasi yordamida oshkor qilishingiz kerak. Bu oʻzingiz, uchinchi tomon brendi, mahsulot yoki xizmatini haq evaziga yoki boshqa maqsadda reklama qilishni oʻz ichiga oladi. Marketing kontenti kontentni oshkor qilish sozlamasi yordamida oshkor qilinmasa, FYF da chiqmaydi. Moddiy munosabatlarning boshqa turlari uchun siz ham bunday aloqalar haqida aniq axborot berishingiz kerak.

Biz TikTokda pulli siyosiy marketingning hech qanday shakliga ruxsat bermaymiz. Hukumat, siyosatchi va siyosiy partiya hisoblariga aloqador siyosatni oʻqib chiqing.

Batafsil

Moddiy munosabatlar har qanday vakillik yoki tasdiqning ishonchliligiga sezilarli taʼsir qiladigan munosabatlarni anglatadi. Bunga shaxsiy, oilaviy, ish va moliyaviy munosabatlar kirishi mumkin.

Oshkor qilishlar kontentingizning tijoriy tabiati yoki uchinchi tomonga munosabatini izohlaydigan aniq bayonotlardir.

Toʻlov yoki boshqa ragʻbatlantirish deganda naqd pul toʻlovlari, bepul mahsulotlar, doʻkon krediti, chegirmalar va mahsulotlar, xizmatlar yoki tadbirlarga maxsus kirish tushunilishi mumkin.

TALAB ETILGAN OSHKOR QILISH (kontentni oshkor qilish sozlamasi yordamida)

  • Biznes, mahsulot yoki xizmatning kontent marketingi
  • Haq evaziga yoki boshqa maqsadda uchinchi tomon brendi yoki uning biznesi, mahsuloti yoki xizmatini reklama qiluvchi kontent
  • Boshqa moddiy munosabatlar, masalan, mahsulot, xizmat yoki sanoat haqida tadqiqotlar bu mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishda ishtirok etgan kompaniya yoki soha bilan munosabatlar yoki aloqangiz boʻlganda taglavhada aniq oshkor qilish, shaffof belgi yoki stiker bilan belgilash

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Kontentni oshkor qilish sozlamasi yordamida oshkor qilinmagan marketing kontenti

Firibgarlik va aldovlar

Biz aldov yoki moliyaviy ekspluatatsiya haqida qaygʻurmasdan, moliyaviy javobgarlik yoʻllarini oʻrganish va iqtisodiy tranzaksiyalar yoki investitsiya imkoniyatlarini oʻylab koʻrishi uchun TikTokdan foydalanishingizni xohlaymiz. Biz hamjamiyat aʼzolarini aldash yoki ularga nisbatan firibgarlik qilishga urinishlarga ruxsat bermaymiz.

Internet firibgarlarini aniqlash va oʻzingizni himoya qilish usullari haqida batafsil bilib oling.

Batafsil

Firibgarlik va aldovlar aksar hollarda moliyaviy daromad yoki shaxsning shaxsiy axborotlarini olish uchun boshqalardan foydalanadigan yolgʻon va aldamchi harakatlardir.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Moliyaviy va individual maqsadli firibgarliklar, shaxsni tasdiqlovchi maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki fishing firibgarliklari hamda investitsiyalar, moliyaviy operatsiyalar yoki ish joylariga aloqador firibgarliklarni amalga oshirish
  • Firibgarlikni qanday amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yordam yoki koʻrsatmalar berish
  • Tashkiliy firibgarlik, masalan, pulni noqonuniy oʻzlashtirib olish yoki noqonuniy yoʻl bilan olingan pulni boshqa birovga koʻchirishni (pul yuvish) amalga oshirish
  • Mustaqil distributorlar (koʻp darajali marketing yoki MLM) orqali piramida tuzilmasida mahsulot yoki xizmatlarni sotadigan kompaniyalar uchun ishga yollash
  • Soxta valyuta, hujjatlar va oʻgʻirlangan axborotlar savdosiga yordamlashish