TikTok LogoTikTok Logo
Ruhiy va xulq-atvor salomatligi

Ruhiy va xulq-atvor salomatligi

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

Biz farovonligingiz haqida chuqur qaygʻuramiz hamda baxt, boylik va tegishlilik manbai boʻlishni xohlaymiz. Biz odamlarni aloqalarni topish, umumiy tajribada ishtirok etish va kengroq jamiyatning bir qismi sifatida his qilish uchun birlashishini qutlaymiz. Biz bu sizning jismoniy yoki ruhiy salomatligingizga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan dastaklovchi maydonda yuz berishini taʼminlashga harakat qilamiz.

Xudkushlik va oʻziga ziyon yetkazish

Biz TikTok sizga zarar yetkazish xavfini oshirmasdan, hissiy jihatdan murakkab mavzularni dastaklovchi tarzda muhokama qiladigan joy boʻlishini xohlaymiz. Biz oʻz joniga qasd qilish yoki oʻziga zarar yetkazish rejalarini aks ettirish, targʻib qilish yoki ulashishga ruxsat bermaymiz.

Agar siz yoki tanishingiz oʻz joniga qasd qilish yoki oʻziga ziyon yetkazish haqida oʻylagan boʻlsa, yordam olishingiz mumkin. Hududingizdagi xudkushlikning oldini olish boʻyicha ishonch telefoniga yoki mahalliy favqulodda xizmatlarga murojaat qiling. Agar zarar yetkazish rejasi haqida maʼlumot ulashish kabi inson hayotiga yoki jiddiy jismoniy shikastlanishga aniq, ishonchli va muqarrar tahdid boʻlsa, mahalliy favqulodda xizmatlarga murojaat qilishimiz mumkin.

Batafsil

RUXSAT BERILMAYDI

  • Xudkushlik va oʻziga ziyon yetkazish, aloqador chellenjlar, istaklar, oʻyinlar yoki kelishuvlarni aks ettirish, targʻib qilish yoki ular yuzasidan koʻrsatmalar berish, jumladan, usullarni nomlash yoki tasvirlash
  • Xudkushlik yoki oʻziga ziyon yetkazish haqidagi uydirmalarni aks ettirish yoki targʻib qilish
  • Xudkushlik yoki oʻziga ziyon yetkazish rejalarini ulashish

RUXSAT BERILADI

  • Xudkushlik yoki oʻziga ziyon yetkazish istagini yengish boʻyicha umid xabarlari yoki shaxsiy tajriba hikoyalarini ulashish (agar xudkushlik yoki oʻziga ziyon yetkazish usullari haqida eslatilmasa)
  • Xudkushlik yoki oʻziga ziyon yetkazishning oldini olishga oid axborotlar kontenti, masalan, oʻz joniga qasd qilish haqida ogohlantirish belgilari yoki professional yordamni qanday olish mumkinligi haqidagi axborotlarni ulashish
  • Xudkushlik haqidagi vahimani kamaytirishga harakat qiladigan aniq axborotlarni ulashish

Tartibsiz ovqatlanish va tana tasvirlari

Biz TikTok oʻzini hurmat qilishni ragʻbatlantiradigan va salbiy ijtimoiy taqqoslashni targʻib qilmaydigan joy boʻlishini xohlaymiz. Biz tartibsiz ovqatlanish va zararli ozish xatti-harakatlarini koʻrsatish yoki targʻib qilish yoki ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlarining savdosi yoki marketingi bilan shugʻullanishga ruxsat bermaymiz.

Agar potensial zararli vaznini boshqarishni koʻrsatsa yoki targʻib qilsa yoki ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlarini reklama qilsa, kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va FYF talablariga mos kelmaydi. Kosmetik jarrohlikni koʻrsatsa va xavf haqida ogohlantirishlarni oʻz ichiga olmasa, kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va ayrim hududlarda FYF da chiqmaydi.

Agar siz yoki tanishingiz tana qiyofasi, ovqatlanish yoki jismoniy mashqlar bilan bogʻliq muammolarga duch kelsa, yordam olishingiz mumkin. Hududingizdagi ishonch telefoniga murojaat qiling.

Batafsil

Tartibsiz ovqatlanish va xavfli ozish xatti-harakatlari haddan ortiq parhez yoki roʻza tutish, dorilarni suuiisteʼmol qilish yoki sezilarli va bevosita sogʻliq yoki salomatlik xavfini keltirib chiqaradigan ozish mashqlarini bajarishni bildiradi.

Potensial zararli vaznni boshqarish – uzoq muddatda salomatlik yoki sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan tezkor yoki juda koʻp vazn yoʻqotish yoki mushak chiqarish uchun ishlatiladigan parhezlar, dorilar yoki mashqlar.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Tartibsiz ovqatlanish yoki xavfli ozish xatti-harakatlarini koʻrsatish, tasvirlash, targʻib qilish, taklif qilish yoki murabbiylik qilishni soʻrash, jumladan:
    • Haddan ortiq past kaloriyali parhezlar
    • Ortiqcha ovqatlanish va qasddan qusish
    • Ozish uchun dorilar yoki qoʻshimchalarni suuiisteʼmol qilish
    • Jiddiy jarohatlar yoki kasalliklar bilan mashq qilish
  • Tana qismlari oʻlchamini uy-roʻzgʻor buyumlari bilan taqqoslash kabi nosogʻlom tana oʻlchovi va “tanani tekshirish” trendlarini aks ettirish yoki targʻib qilish
  • Ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlarining savdosi yoki marketingi bilan shugʻullanish

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

  • Potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlari uchun murabbiylikni koʻrsatish, tasvirlash, targʻib qilish, taklif qilish yoki soʻrash, jumladan:
    • Cheklovchi past kaloriyali dietalar, masalan, uzluksiz roʻza tutish
    • Ozish yoki mushaklarni chiqarish uchun dorilar yoki qoʻshimchalar, masalan, anabolik steroiddan foydalanish
    • Tez va sezilarli ozish uchun moʻljallangan mashqlar, masalan, haftada belingiz oʻlchamidek vaznni yoʻqotishga yordam berishni vaʼda qiladigan kardiomashugʻulotlar
  • Ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlarini targʻib qilish, oʻzgarishdan oldingi va keyingi natijani ulashish
  • Tana turlarini ideal yoki mukammal sifatida targʻib qilish potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlariga aloqador boʻlsa.
  • Xavf haqida ogohlantirishlar boʻlmagan kosmetik jarrohlik, jumladan, avvalgi va keyingi rasmlar, jarrohlik muolajalari videolari va tanlovli kosmetik jarrohlik muhokamasi haqidagi xabarlarni aks ettirish yoki targʻib qilish

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlari uchun murabbiylikni koʻrsatish, tasvirlash, targʻib qilish, taklif qilish yoki soʻrash, jumladan:
    • Cheklovchi past kaloriyali dietalar, masalan, uzluksiz roʻza tutish
    • Ozish yoki mushaklarni chiqarish uchun dorilar yoki qoʻshimchalar, masalan, anabolik steroiddan foydalanish
    • Tez va sezilarli ozish uchun moʻljallangan mashqlar, masalan, haftada belingiz oʻlchamidek vaznni yoʻqotishga yordam berishni vaʼda qiladigan kardiomashugʻulotlar
  • Ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlarini targʻib qilish, oʻzgarishdan oldingi va keyingi natijani ulashish
  • Tana turlarini ideal yoki mukammal sifatida targʻib qilish potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlariga aloqador boʻlsa.
  • Xavf haqida ogohlantirishlar boʻlmagan kosmetik jarrohlik, jumladan, avvalgi va keyingi rasmlar, jarrohlik muolajalari videolari va tanlovli kosmetik jarrohlik muhokamasi haqidagi xabarlarni aks ettirish yoki targʻib qilish

RUXSAT BERILADI

  • Tartibsiz ovqatlanish, xavfli vaznni yoʻqotish xatti-harakatlari yoki potensial zararli vaznni boshqarishni muhokama qilish (bunda parhez yoki xatti-harakat koʻrsatilmasligi yoki tasvirlanmasligi kerak)
  • Koʻrsatish yoki tasvirlash:
    • Hot-dog va pirog yeyish musobaqalari kabi raqobatga asoslangan ovqatlanish musobaqalar
    • Raqobatga asoslangan sport turlari, marafon mashgʻulotlari va bodibilding musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish kabi asosan ekstremal vazn yoʻqotishga qaratilmagan fitnes va ovqatlanish tartiblari
    • Tibbiy jihatdan zarur boʻlgan jarrohlik amaliyoti, jumladan, lab yorigʻini tiklashdan oldingi va keyingi tasvirlar, mastektomiyadan keyin koʻkrak rekonstruksiyasi va jinsni tasdiqlash operatsiyasi
    • Tibbiyot yoki sogʻliqni saqlash xodimi koʻrsatmasi ostida tibbiy zarur salomatlikka aralashuvlar, masalan, jarrohlikdan oldingi cheklovchi parhez
    • Diniy parhez xatti-harakati va roʻza tutish
    • Jismoniy nuqsonlar va turli qobiliyatlarga ega tana

Xavfli harakat va chellenjlar

Qiziqarli va ijodiy trendlarda ishtirok etish imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz. Aksariyat harakatlar yoki chellenjlar hamma uchun mos keladi va odamlarni birlashtiradi, lekin ayrimlari jiddiy jarohatlar xavfini oʻz ichiga oladi. Biz xavfli harakat va chellenjlarni aks ettirish yoki targʻib qilishga ruxsat bermaymiz.

Kontentda taqlid qilinishi va har qanday jismoniy zararga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatni aks etsa, kontent cheklanadi (18 yoki va undan katta). Kontent oʻrtacha jismoniy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan harakatni koʻrsatsa, FYF talablariga mos kelmaydi. TikTok taassurotingizni boshqarishingizga yordam berish uchun bunday turdagi kontent, shuningdek, professionallar ekstremal sport va epchillik mashqlarini koʻrsatuvchi kontent uchun ogohlantirish axborotini ham tatbiq qilamiz. Agar onlayn chellenjni koʻrsangiz, nima qilish kerakligi haqida batafsil bilib oling.

Batafsil

Xavfli harakat va chellenjlarga professional boʻlmaganlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar kiradi, ular oʻziga xos yoki muayyan xavflarni oʻz ichiga oladi va jiddiy jismoniy shikastlanishga olib kelishi mumkin. Bu istaklar, oʻyinlar, tryuklar, xavfli asboblardan notoʻgʻri foydalanish va shaxs salomatligi uchun zararli boʻlgan moddalarni isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi.

Jiddiy jismoniy shikastlanish professional tibbiy davolanishni talab qiladi va vaqtinchalik yoki doimiy nogironlik yoki tashqi koʻrinish buzilishi xavfini keltirib chiqaradi. Bunga suyaklarning chiqishi yoki sinishi, zaharlanish, hushidan ketish, jiddiy kuyishlar, elektr toki urishi, miya chayqalishi va boʻgʻilish kiradi.

Oʻrtacha jismoniy jarohatlar professional tibbiy muolajani talab qilmaydigan va nogironlik yoki tashqi koʻrinish buzilishi xavfini yuzaga keltirmaydigan xavf. Bunga minimal qon yoʻqotish va tanadagi mayda koʻkarishlar bilan kichik kesilishlar kiradi.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Koʻrinib turgan yoki kutilayotgan jiddiy jismoniy shikastlanishni oʻz ichiga olgan xavfli faoliyatni aks ettirish yoki xavfli faoliyatni targʻib qilish
  • Koʻrsatish yoki targʻib qilish:
    • Pichoqlar, boltalar, zanjirli arralar yoki payvandlash gorelkalari kabi xavfli asboblardan nomaqbul foydalanish
    • Toshlar va kukunlar kabi odamlar uchun xavfli boʻlgan moddalarni isteʼmol qilish yoki ichish
    • Tezlik cheklovidan oshirish, qizil chiroqda oʻtish va chalgʻituvchi haydash (jumladan, haydash paytida jonli translatsiya) kabi xavfli haydash xatti-harakatlari

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

  • Koʻrinib turgan yoki kutilayotgan oʻrtacha jismoniy zararni aks ettirish yoki oʻrtacha jismoniy zararga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatni targʻib qilish
  • Taqlid qilinishi va har qanday jismoniy zararga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatni aks ettirish

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Koʻrinib turgan yoki kutilayotgan oʻrtacha jismoniy zararni aks ettirish yoki oʻrtacha jismoniy zararga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatni targʻib qilish

RUXSAT BERILADI

  • Nayzalar va qalqonlar kabi qurollardan marosimlar, diniy bayramlar va madaniy tadbirlarda foydalanish