2024-yil 17-aprelda chiqarilgan
2024-yil 17-maydan kuchga kirgan
Siz uchun tasmasi (FYF) TikTokning noyob funksiyasi boʻlib, u sizga kontent, ijodkorlar va mavzular kengligini kashf qilish imkoniyatini berish uchun moslangan tavsiyalar tizimidan foydalanadi. Nima tavsiya etilishini aniqlashda tizim layklar, ulashuvlar, fikrlar, qidiruvlar, kontent xilma-xilligi va mashhur videolar kabi omillarni hisobga oladi. Tavsiya tizimi, shuningdek, tavsiyalarni moslashtirishga yordam beruvchi vositalar haqida batafsil bilib oling.
Ayrim kontentlar kam koʻrilsa yaxshi, ammo uchrasa normal boʻlishi mumkin, lekin guruhlarda koʻrilsa muammoli boʻladi. Bu, masalan, parhez, ekstremal fitnes, jinsiy ishoralar, qaygʻu (masalan, umidsizlik haqida bayonotlar qilish yoki gʻamgin iqtiboslarni keltirish) va haddan ortiq umumiylashtirilgan ruhiy salomatlik maʼlumotlarini (masalan, kimnidir tashxislashni daʼvo qiladigan boshqotirma) kontentni oʻz ichiga oladi. Bu turdagi kontent FYF ga mos kelishi mumkin, lekin uning tez-tez tomosha qilinmasligi uchun takrorlanuvchi kontent namunalarini toʻxtatamiz. Tavsiyalarni himoya qilish va diversifikatsiyalash yondashuvimiz haqida batafsil bilib oling.
Biz FYF ga xavfsizlikni birinchi oʻringa qoʻyadigan va hamjamiyatimizning xilma-xilligi va madaniy amaliyotlardan xabardor boʻlgan kontent muvofiqligi standartlarini dastaklaymiz. Siz uchun tasmasining oʻz-oʻzidan chiqishi TikTokni unikal qiladigan funksiya boʻlsa-da, u oʻsmirlardan tortib eʼzozli buva va buvilargacha boʻlgan barcha auditoriyalar uchun moʻljallangan. Keng auditoriya uchun mos kelmaydigan muayyan kontentni FYF da chiqarmaymiz va uni qidiruvda topishni qiyinlashtiramiz.
FYF ijodkorlarni katta auditoriyaga yetib borish imkoniyatini berishini bilamiz, bu ayrim yoshlar uchun har doim ham mos kelmaydi. 16 yoshdan kichik har kim yaratgan kontentni Siz uchun tasmasida (FYF) chiqmaydigan qilamiz.
FYF da chiqmaydigan kontentni boshqa usullarda, masalan, qidiruv vositalari yoki hisobni kuzatish orqali topish mumkin. Video koʻp marta tomosha qilinmasa, bu FYF ga mos emasligidan koʻra, hamjamiyat ishtirokining yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ijodkorlar oʻz videolari samaradorligini kuzatish uchun TikTok tahlil vositasidan foydalanishi mumkin.
Qoidalarimizda FYF da chiqish standartlarini koʻrasiz. FYF uchun mos kelmaydigan kontentning konsolidatsiyalashgan “tezkor qoʻllanmasi” quyidagicha.
FYF UCHUN MOS EMAS
Yoshlar xavfsizligi va sogʻlom hayot tarzi
Haqorat va nafratomuz xatti-harakat
Tartibsiz ovqatlanish va tana tasvirlari
Yalangʻochlik va tanani koʻrsatish
Shokka tushiruvchi va shafqatsiz kontent
Spirtli ichimliklar, tamaki va giyohvand moddalar
Tijoriy oshkor qilish va pulli reklama
Batafsil
Himoyalangan guruhlar umumiy himoyalangan sifatlarga ega shaxslar yoki hamjamiyatlarni bildiradi.
Potensial zararli vaznni boshqarish – uzoq muddatda salomatlik yoki sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan tezkor yoki juda koʻp vazn yoʻqotish yoki mushak chiqarish uchun ishlatiladigan parhezlar, dorilar yoki mashqlar.
Oʻrtacha jismoniy jarohatlar professional tibbiy muolajani talab qilmaydigan va nogironlik yoki tashqi koʻrinish buzilishi xavfini yuzaga keltirmaydigan xavf. Bunga minimal qon yoʻqotish va tanadagi mayda koʻkarishlar bilan kichik kesilishlar kiradi.
Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).
Yarim yalangʻochlik – asosiy qismi yalangʻoch boʻlishi va yalangʻoch holatga yaqin boʻlish, masalan, bevosita yalangʻochlik yoki intim tana qismlarini minimal yopadigan kiyimlar kiyish.
Shahvoniy oʻpishish – jinsiy qoʻzgʻalish yoki jinsiy aloqaning boshlanishini koʻrsatadigan oʻpishni bildiradi.
Shahvoniy kadr – kiyimli intim tana qismlarini usullar, masalan, suratga olish, tahrirlash yoki tana qismini kameraning oldiga joylash orqali qasddan urgʻu beradigan kontent.
Shahvoniy xatti-harakat – shahvoniy qoʻzgʻatuvchi sifatida boʻlishi belgilangan xatti-harakatlar, jumladan, intim tana qismlariga urgʻu beradigan ijro yoki takroriy tana harakatlari va shahvoniy jinsiy harakatlar.
Jinsiy aloq mahsulotlari – jinsiy lazzat olish uchun ishlatilishi moʻljallangan obyekt yoik qurilma, masalan, jinsiy oʻyinchoq.
Yolgʻon axborotlar yolgʻon yoki chalgʻituvchi kontentni bildiradi.
Salomatlikka oʻrtacha zarar keltiruvchi yolgʻon axborot – bevosita yoki hayotni xavf ostiga qoʻymaydigan jarohatlar, sharoitlar yoki kasalliklarni davolash yoki oldini olishga oid yolgʻon yoki chalgʻituvchi kontentni bildiradi.
Fitna nazariyalari – bu tushuntirib boʻlmaydigan hodisalar haqidagi qarashlar hisoblanadi yoki voqealar uchun umumiy qabul qilingan tushuntirishlarni rad etish, jumladan, ular yashirin yoki kuchli shaxslar yoki guruhlar tomonidan amalga oshirilganini taxmin qilishni oʻz ichiga oladi.
Qayta moslashtirilgan media – kontekstdan tashqari taqdim etilgan va ijtimoiy ahamiyatli mavzu haqida shaxsni chalgʻitishi mumkin boʻlgan tahrirlanmagan media kontent.
Xato koʻrsatilgan davlat organi manbalari – tan olingan va ishonchli organ maʼlumotlari, masalan, tadqiqot institutlari hisobotlariga aloqador chalgʻituvchi korrelyatsiya yoki xulosalarni targʻib qiluvchi kontent.
Qimor oʻyinlari – bu natijasi noaniq boʻlgan hodisaga moliyaviy daromad olish uchun pul (jumladan, bitcoin kabi raqamli valyutalar) yoki pul qiymatiga ega boʻlgan narsani tikishdir.
Qimor kabi faoliyatlar – qimor darajasiga chiqmaydigan, lekin xatti-harakatlari oʻxshash yoki shu kabi xatarlarlari bor faoliyatlar, masalan, ijtimoiy kazinolar va qimorga aloqador dasturlar.
Tamaki mahsulotlariga veyping mahsulotlari, tutunsiz yoki yonuvchi tamaki mahsulotlari, sintetik nikotin mahsulotlari, elektron sigaretalar va boshqa elektron nikotin yetkazish tizimlari kiradi.
Tartibga solinadigan moddalar retsept asosidagi dorilar, retseptsiz dorilar, siqilgan havo kaniterlari (uippetlar) va nitrit popperlar.