TikTok LogoTikTok Logo
Maxfiylik va xavfsizlik

Maxfiylik va xavfsizlik

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

Maxfiylik huquqlaringiz va shaxsiy axborotlaringizni himoya qilish hamda platformamizni xavfsiz saqlash ishonchingizni yoʻqotmaslik va xavfsizligingizni taʼminlash uchun muhim ekanini bilamiz.

Shaxsiy axborotlar

Internetda ulashilgan kontentni har kim koʻrishi mumkin va u keng qamrovga ega. Biz TikTokda ataylab yoki tasodifan ulashilgan har qanday shaxsiy axborotlar zarar keltirmasligini taʼminlashga intilamiz. Biz taʼqib qilish, zoʻravonlik, fishing, firibgarlik, shaxsni tasdiqlovchi maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki moliyaviy ekspluatatsiya xavfini tugʻdiradigan shaxsiy axborotlarni oʻz ichiga olgan kontentga ruxsat bermaymiz. Bunga kimdir oʻzi joylagan yoki boshqalar tomonidan ulashilishiga rozilik bergan kontent kiradi.

Agar maxfiylikka oid qoidabuzarlikka duch keldim deb hisoblasangiz, bu haqda xabar berishingiz mumkin.

Batafsil

RUXSAT BERILMAYDI

  • Shaxsiy telefon raqamlari va uy manzillari
  • Bank hisobi va kredit karta raqamlari kabi moliyaviy yoki toʻlov axborotlari
  • Login axborotlari, masalan, foydalanuvchi nomlari yoki parollar
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, kartalar yoki raqamlar, masalan, pasportlar, davlat tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ijtimoiy xavfsizlik raqamlari
  • Shaxsiy axborotlarni ulashish yoki hisobni buzib kirish tahdidlari yoki buning uchun ragʻbatlantirish

Platforma xavfsizligi

Biz TikTokda siz va axborotlaringizni himoya qilish va xavfsizligini taʼminlash uchun qattiq ishlaymiz. Quyidagilarga ruxsat berilmaydi: (1) ruxsatsiz usullar orqali TikTokning istalgan qismiga kirish; (2) qaltis, maxfiy, tijoriy yoki shaxsiy axborotlarni olishga urinishlar; yoki (3) platformamizning xavfsizligi, yaxlitligi yoki ishonchliligini suiisteʼmol qilish.

Shubhali havolalar ustiga bosmasligingiz yoki hisobingiz tafsilotlari, parollar, malakani tekshirish, moliyaviy va boshqa shaxsiy axborotlaringiz haqidagi soʻrovlarga javob bermasligingiz kerak. Platformada maxfiylik va xavfsizlikka yondashuvimiz haqida batafsil bilib oling.

Batafsil

RUXSAT BERILMAYDI

  • Boshqa odamlarga hisobga kirish maʼlumotlarini berish yoki boshqa odamlarga qoidalarimizni buzadigan harakatlarni bajarishiga imkon berish
  • Platformamizga ruxsatsiz kirish yoki platformamizning soxta versiyalarini yaratish
  • Viruslar, troyan otlari, qurtlar, mantiqiy bombalar yoki kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi boshqa zararli materiallarni oʻz ichiga olgan zararli fayllar, kontent va xabarlarni ulashish
  • Shaxsiy axborotlarni (masalan, login maʼlumotlari) olishga urinish yoki har qanday yolgʻon usullardan (masalan, fishing, smishing, avtomatlashtirilgan skriptlar yoki veb-sahifalarni skanerlash) foydalanish orqali kontent, hisoblar, tizimlar yoki maʼlumotlarga kirishga urinish
  • TikTokka asoslangan har qanday hosila mahsulotlarni, jumladan, har qanday fayllar, jadvallar yoki hujjatlarni oʻzgartirish, moslashtirish, tarjima qilish, teskari muhandislik qilish, qismlarga ajratish, dekompilyatsiya qilish yoki yaratish va TikTokda mavjud har qanday manba kodi, algoritmlar, usullar yoki texnikani qayta hosil qilishga urinish