TikTok LogoTikTok Logo
Qaltis va voyaga yetganlarga moʻljallangan mavzular

Qaltis va voyaga yetganlarga moʻljallangan mavzular

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

TikTok oilaga juda mos keladiganidan tortib to voyaga yetganlarga moʻljallangangacha boʻlgan kontentni taqdim etadi. Global hamjamiyatimizning xilma-xilligini inobatga olgan holda, rivojlanish va madaniy mulohazalar ayrimlar tomonidan haqoratomuz deb hisoblanishi mumkin boʻlgan qaltis va voyaga yetganlarga moʻljallangan kontentga boʻlgan munosabatimizni bildiradi. Mahalliy muhitni hurmat qilish va bir mamlakatning meʼyorlarini boshqasiga yuklamaslik tamoyilimizga rioya qilish uchun ushbu boʻlimdagi koʻrsatmalardan ayrim istisnolar hududlarga qarab farq qiladi.

Shahvoniy xatti-harakat va xizmatlar

TikTok – bu siz jinsiy munosabat, jinsiy aloqa yoki reproduktiv salomatlik haqida suhbatlashish yoki oʻrganish uchun kirishingiz mumkin boʻlgan joydir. Ayrim kontentlar yoshlar uchun mos kelmasligi, ayrimlar tomonidan haqoratomuz deb hisoblanishi yoki ekspluatatsiya qilish ehtimolini yaratishi mumkinligini yodda tutamiz. Shahvoniy xatti-harakat yoki xizmatlarga ruxsat berilmaydi. Bunga jinsiy aloqa, jinsiy qoʻzgʻalish, fetish va buzuq xatti-harakatlar, jinsiy xizmatlarni qidirish yoki taklif qilish kiradi. Lekin unga reproduktiv salomatlik va jinsiy taʼlim kontenti kirmaydi. Lekin unga reproduktiv salomatlik va jinsiy taʼlim kontenti kirmaydi.

Batafsil

Fetish va buzuq xatti-harakatga BDSM (qullik, intizom, hukmronlik, boʻysunish, sadizm va mazoxizm) va noinsoniy narsalar yoki tananing muayyan qismlari (masalan, oyoq fetishi) bilan jinsiy xatti-harakatlar kiradi.

Reproduktiv salomatlik reproduktiv tizim, uning funksiyalari va jarayonlari bilan bogʻliq barcha masalalarda jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlikni bildiradi.

Jinsiy taʼlim jinsiy aloqa, shahvoniylik, jinsiy salomatlik va munosabatlar bilan bogʻliq turli xil mavzularni bildiradi.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Penetrativ jinsiy aloqa, nopenetrativ jinsiy aloqa yoki ogʻiz orqali jinsiy aloqa
  • Jismoniy jinsiy qoʻzgʻalish, jumladan, jinsiy stimulyatsiya va jinsiy qoʻzgʻalishga jismoniy javoblarni koʻrsatish
  • Fetish yoki buzuq xatti-harakat
  • Jinsiy harakatlar, jumladan, jinsiy xizmatlarni taklif qilish yoki soʻrash (jinsiy aloqa taklif qilish), jinsiy chatlar, tasvirlar, pornografiya, aʼzolarga oid ekskluziv kontent hamda yechinish, yalangʻoch modellik va masturbatsiya (sekskamming) kabi voyaga yetganlar uchun kontentni veb-kamera orqali striming qilish
  • Shahvoniy chatlar, tasvirlar yoki pornografiya

RUXSAT BERILADI

  • Reproduktiv salomatlik va jinsiy taʼlim kontenti, masalan, jarayonlar, jarrohlik amaliyotlari yoki tekshiruvlarga aloqador tibbiy yoki ilmiy kontekstda tugʻruqni nazorat qilish va abortni muhokama qilish

Yalangʻochlik va tanani koʻrsatish

Biz barcha shakl va oʻlchamlarni olqishlaymiz hamda oʻzingiz va tanangizni aks ettirishda oʻzingizni qulay his qilishingizni xohlaymiz. Biz jamiyatlar tanani koʻrsatish va kiyim-kechaklarga turlicha munosabatda boʻlishini tushunamiz, shuning uchun mavjud madaniy meʼyorlarni aks ettirishga intilamiz. Biz yalangʻochlikka ruxsat bermaymiz. Bu yalangʻoch jinsiy aʼzolar, dumba, ayollar yoki qizlarning koʻkragi va shaffof kiyimni oʻz ichiga oladi.

Biz yoshlarning rivojlanishiga mos tajribani taqdim etishni istaymiz. Biz yoshlar tanasining yarim yalangʻochligi yoki sezilarli darajada koʻrsatilishiga ruxsat bermaymiz. Agar kontent chaqirilmagan jinsiy aloqa xavfiga sabab boʻladigan yosh shaxsning tanasini ochiq koʻrsatsa bu kontent FYF uchun mos kelmaydi.

Keng auditoriya uchun mos kelmaydigan kontentni kengaytirishni istamaymiz. Kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va katta yoshlining yarim yalangʻoch holatini koʻrsatsa, FYF uchun yaroqsiz boʻladi. Biz madaniy amaliyotlar kabi cheklangan holatlarda tanani koʻrsatish uchun hududiy istisnolarga ruxsat beramiz.

Batafsil

Yalangʻochlik kiyimsiz boʻlish va mavjud madaniy amaliyotlar toʻliq yopilishi kerakligini bildiradigan intim tana qismlarini aks ettirishdir. Bu ayollar yoki qizlarning yalangʻoch koʻkragini oʻz ichiga oladi, lekin erkaklar va bolalar (jumladan, transgender yoki interseksniki) yoki binar boʻlmagan odamlarniki bundan mustasno. Biz jinsini binar maʼnosida tasvirlamaydigan shaxslar borligini tushunamiz va ushbu siyosatni tatbiq qilish murakkabligini tan olamiz. Bunday kontentni tekshirishda biz tagyozuvlar, heshteglar va tarjimai hol kabi birinchi tomon axboroti va koʻrsatkichlari yordamida kimdir oʻzini qanday tasvirlashini oʻrganishdan boshlaymiz va keyin shaxs oʻzini qanday ifodalashiga ham qarashimiz mumkin.

Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).

Yarim yalangʻochlik – asosiy qismi yalangʻoch boʻlishi va yalangʻoch holatga yaqin boʻlish, masalan, bevosita yalangʻochlik yoki intim tana qismlarini minimal yopadigan kiyimlar kiyish.

Tananing sezilarli darajada koʻrsatilishi – kiyim kiyish lekin intim tana qismlarining qisman ochiq turishi yoki faqat ichki kiyim kabi intim kiyimlarni kiyish.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Kattalar va yoshlarning yalangʻochligini koʻrsatish, jumladan, fotografiya va raqamli yaratilgan tasvirlar, masalan, manga va anime (Yoshlarni ekspluatatsiya qilish) ruknida CSAM haqida bilib oling
  • Yoshlarning yarim yalangʻoch holati yoki tanasining sezilarli qismini ochiqligi, masalan, juda kalta koʻylaklar yoki faqat ichki kiyim kiyish

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

  • Kattalarning yarim yalangʻochligini koʻrsatish, masalan, faqat koʻkrak uchlari uchun kiyim kiyish dumbaning asosiy qismini yopib turmaydigan ichki kiyim kiyish

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Kattalarning yarim yalangʻochligini koʻrsatish, masalan, faqat koʻkrak uchlari uchun kiyim kiyish dumbaning asosiy qismini yopib turmaydigan ichki kiyim kiyish
  • Muayyan darajada ochiq dekolte yoki intim tana qismlarining (jinsiy aʼzo va koʻkrak uchlari) kiyimda ajralib turishi kabi kiyimlarda yoshlarning chiqishi
  • Chaqaloqlar va bolalarning (4 yoshdan kichik) atay yalangʻoch yoki dumbasi qisman ochiq holatda koʻrsatilishi

RUXSAT BERILADI

  • Chaqaloq tugʻilganda uni toʻliq yalangʻoch koʻrsatish
  • Ekraklar va yigitlar (transgender yoki interseks), chaqaloqlar va bolalarning (4 yoshdan kichik) va binar boʻlmaganlarning ochiq koʻkraklarini koʻrsatish
  • Har kimning dumbasini va ayollarning koʻkragini (va qizlarniki, bizda alohida holat boʻlganda) shahvoniylashmagan muhitlarda toʻliq koʻrsatish:
    • Madaniy amaliyot, masalan, emizish va koʻkrak suti bilan boqish, anʼanaviy kiyim kiymaydigan aholi yoki yirik anʼanaviy festivallar (masalan, Karnaval)
    • Hujjatli yoki taʼlim kontekstida, masalan, siyosiy protestlar
    • Ilmiy yoki tibbiy kontekstlar, masalan, mastektomiyadan keyin koʻkrak rekonstruksiyasi
  • Madaniy jihatdan kutilgan kontekstlarda ochiq tanani koʻrsatish, masalan, sohil yoki festivalda suzish kiyimidagi kishi yoki sport siynabandini taqqan sportchi

Shahvoniy mazmundagi kontent

Biz ijodiy ifodalash, madaniyatni olqishlash yoki koʻngil ochishga intilishni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Jinsiy qoʻzgʻalish yoki taklif qilish bilan bogʻliq ayrim xatti-harakatlar baʼzi odamlar uchun haqoratli boʻlishi va yoshlarni ekspluatatsiya qilish xavfiga olib kelishi mumkinligini yodda tutamiz. Shahvoniy tavsiyani maqsad qilgan yoshlar kontentiga ruxsat bermaymiz. Bu shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki shahvoniy xatti-harakatlarni qamrab oladi. Biz har kim tomonidan bevosita shahvoniy tilga ruxsat bermaymiz. Biz tarona matni kabi shahvoniy havolali ayrim badiiy kontentlarga ruxsat beramiz.

Agar u shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki kattalarning shahvoniy xatti-harakatlari yoki jinsiy yaqinlik mahsulotlarini koʻrsatsa, kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va FYF uchun mos kelmaydi.

Batafsil

zid emasliginiBoshqa odamlar sizni jinsiy qoʻzgʻatuvchi deb topishi qoidalarga tushunish uchun niyatga qaraladi. Lekin biz niyat subyektiv boʻlishi mumkinligini ham tasdiqlaymiz. Uni tushunishga yordam berish uchun biz obyektiv indikatorlar, jumladan, bio, heshteglar, taglavhalar (masalan, “koʻrgan narsangiz yoqdimi”) yoki tovushlardan (masalan, inqillash) foydalanamiz. Shuningdek, turli hududlarda shahvoniy mazmunda deb hisoblangan narsalarga nisbatan turlicha qarashlar mavjudligini tan olamiz, bu esa baholashimizni tasdiqlaydi.

Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).

Shahvoniy oʻpishish – jinsiy qoʻzgʻalish yoki jinsiy aloqaning boshlanishini koʻrsatadigan oʻpishni bildiradi.

Shahvoniy kadr – kiyimli intim tana qismlarini usullar, masalan, suratga olish, tahrirlash yoki tana qismini kameraning oldiga joylash orqali qasddan urgʻu beradigan kontent.

Shahvoniy xatti-harakat – shahvoniy qoʻzgʻatuvchi sifatida boʻlishi belgilangan xatti-harakatlar, jumladan, intim tana qismlariga urgʻu beradigan ijro yoki takroriy tana harakatlari va shahvoniy jinsiy harakatlar.

Jinsiy aloq mahsulotlari – jinsiy lazzat olish uchun ishlatilishi moʻljallangan obyekt yoik qurilma, masalan, jinsiy oʻyinchoq.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Jinsiy xatti-harakatlar yoki qoʻzgʻalishning grafik tavsiflari kabi bevosita jinsiy aloqa tilidan foydalanish
  • Quyidagilar bilan shugʻullanayotgan yoshlarni koʻrsatish:
    • Shahvoniy oʻpishish, masalan, yopiq yoki ochiq ogʻiz, til, tishlash, soʻrish yoki paypaslashni qamrab oladigan shahvoniy oʻpishish
    • Shahvoniylashgan kadr, masalan, tananing intim qismlariga eʼtiborni jalb qilish uchun qirqish yoki tasvirni kattalashtirish, raqamli effekt qoʻshish (stiker yoki strelka) yoki egish.
    • Shahvoniylashtirilgan xatti-harakat, masalan, koʻkrak yoki dumbani takroriy silkitish yoki tos suyagini silkitish, striptiz, kiyimli intim tana qismlarini erkalash yoki jinsiy qoniqishni bildiradigan tovushlar yoki yuz ifodalarini qilib olat shaklidagi narsalarni yalash

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

  • Shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki shahvoniy xatti-harakatlarni qilayotgan kattalarni koʻrsatish
  • Jinsiy yaqinlik mahsulotlarini koʻrsatish

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki shahvoniy xatti-harakatlarni qilayotgan kattalarni koʻrsatish
  • Jinsiy yaqinlik mahsulotlarini koʻrsatish

RUXSAT BERILADI

  • Tarona matni kabi ayrim badiiy kontentlardagi ochiq shahvoniy hikoyalar
  • Salomlashish yoki shahvoniy boʻlmagan oʻpishlar, masalan, kimningdir yanogʻidan oʻpish yoki qisqa labidan oʻpib qoʻyishni koʻrsatish

Shokka tushiruvchi va shafqatsiz kontent

TikTok quvonchining bir qismi yangi va kutilmagan kontent hisoblanadi. Lekin platforma boshqalarni qasddan shokka tushirish, xafa qilish yoki jirkantirish uchun moʻljallanmagan. Biz bu turdagi kontent qoʻzgʻatuvchi ekani, psixologik shikast yetkazishi yoki oʻta noqulaylik tugʻdirishi mumkinligini tan olamiz. Biz dahshatli, qoʻrqinchli, bezovta qiluvchi yoki haddan ortiq zoʻravonlik aks etgan kontentga ruxsat bermaymiz.

Agar inson yoki hayvonlar qoni, haddan ortiq jismoniy kurash yoki qoidalarimizni buzishi mumkin boʻlgan voqealarning shafqatsiz tasvirlari, lekin koʻrish uchun jamoat qiziqishi tarkibida boʻlsa, kontent cheklanadi (18 yosh va undan katta) va FYF uchun mos kelmaydi. Agar kontent xayoliy shafqatsiz zoʻravonlik yoki potensial bezovta qiluvchi yoki yengil shafqatsiz materialni koʻrsatsa, kontent FYF uchun yaroqsiz hisoblanadi.

TikTok taassurotingizni boshqarishingizga yordam berish uchun biz inson yoki hayvonlarning qoni, yovvoyi hayvonlarning bir-biriga hujum qilishi, professional janglar va ehtimoliy qaygʻuli yoki yengil shafqatsiz materiallar kabi ayrim kontentlarga “rozilik bildirish” ekrani yoki ogohlantirish axborotlarini tatbiq qilamiz.

Batafsil

RUXSAT BERILMAYDI

  • Koʻrsatish:
    • Real qiynoq va shafqatsiz zoʻravonlik
    • Shafqatsiz oʻlimlar va baxtsiz hodisalar
    • Parchalangan, jarohatlangan, kuygan, yongan yoki ogʻir jarohatlangan tanalar

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

  • Koʻrsatish:
    • Inson yoki hayvonlar qoni
    • Haddan ortiq jismoniy kurash
    • Huquq-tartibot idoralari bilan toʻqnashuvlar, portlash yoki tabiiy ofat oqibatlari kabi jamoatchilikda qiziqish uygʻotadigan voqealarning shafqatsiz yoki ehtimoliy qaygʻuli tasvirlari

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Koʻrsatish:
    • Inson yoki hayvonlar qoni
    • Haddan ortiq jismoniy kurash
    • Huquq-tartibot idoralari bilan toʻqnashuvlar, portlash yoki tabiiy ofat oqibatlari kabi jamoatchilikda qiziqish uygʻotadigan voqealarning shafqatsiz yoki ehtimoliy qaygʻuli tasvirlari
    • Xayoliy shafqatsiz zoʻravonlik
    • Ogʻir boʻlmagan jarohatlar va baxtsiz hodisalar, oʻlik hayvonlar, qoʻrqinchli effektlar va qonli boʻyanish kabi tashvish yoki qoʻrquvni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ehtimoliy bezovta qiluvchi material
    • Odam va hayvonlarning tana funksiyalari va suyuqliklari (masalan, siydik yoki qusish), organlar va ayrim hayvonlar (masalan, hasharotlar yoki kalamushlar) kabi jirkanishga olib kelishi mumkin boʻlgan yengil grafik materiallar

RUXSAT BERILADI

  • Koʻrsatish:
    • Boks yoki aralash yakkakurashlar kabi professional janglar
    • Taʼlim kontekstida (masalan, hayz koʻrish) va badiiy muhitda (masalan, tasviriy sanʼat) koʻrsatilgan qon
    • Qon kolbasa, qon yoki qora puding, tvorog yoki tort kabi oziq-ovqatga aloqador qon mahsulotlari

Hayvonlarni tahqirlash

TikTok hayvonlarni hurmat qiladigan va ular turli madaniyat va hududlarda hayotimizni boyitish yoʻllarini olqishlaydigan joy boʻlishini istaymiz. Biz hayvonlarni tahqirlash, ularga nisbatan shafqatsizlik, eʼtiborsizlik, savdo yoki hayvonlarni ekspluatatsiya qilishning boshqa shakllariga ruxsat bermaymiz.

Hayvonlarni tahqirlash, jumladan, hududingizda hayvonlarni himoya qilish tashkilotlariga qanday murojaat qilish haqida bilib oling.

Batafsil

RUXSAT BERILMAYDI

  • Hayvonlarni soʻyish, jarohatlash yoki tahqirlash, jumladan, sahnalashtirilgan hayvonlar jangi
  • Hayvonlarga yomon munosabatda boʻlish yoki ularga eʼtiborsizlik, masalan, kam oziqlantirishni koʻrsatish yoki targʻib qilish
  • Parchalangan, jarohatlangan, kuygan, yongan yoki ogʻir jarohatlangan hayvonlar
  • Yovvoyi tabiatni aniq qonuniy ruxsatsiz ov qilish (brakonyerlik)
  • Hayvon va odam oʻrtasidagi shahvoniy harakat (hayvoniylik)
  • Fil tish suyagi, yoʻlbars suyaklari, karkidon shoxlari va dengiz toshbaqasi chigʻanoqlaridan tayyorlangan mahsulotlar va dori-darmonlar kabi barcha tirik hayvonlar yoki yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonning har qanday qismi savdosi yoki reklamasini osonlashtirish

RUXSAT BERILADI

  • Mangalda pishirilgan tovuq oyoqlari kabi oziq-ovqatga aloqador hayvonlar tanasi qismlari
  • Hayvonlarga nisbatan zoʻravonlik haqida xabardorlikni oshiruvchi oʻquv va hujjatli kontent (agar u hayvonlarga nisbatan zoʻravonlikning shafqatsiz yuqori grafikali kontentini oʻz ichiga olmasa)