TikTok LogoTikTok Logo
Umumiy

Hamjamiyat qoidalari

Umumiy

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

TikTok koʻngilochish va boyish manbasi boʻlib, u yerda kashf qilishingiz, yaratishingiz va dunyo boʻylab boshqalar bilan muloqot qilishingiz mumkin. Missiyamiz – ijodkorlikni ilhomlantirish va quvonch keltirishdir.

Hamjamiyat qoidalarimiz samimiy, xavfsiz va hordiq chiqarish tajribasini taqdim etish uchun moʻljallangan. Qoidalar platformamizdagi barchaga va hamma narsaga nisbatan tatbiq qilinadi. Ular TikTok tizimida ruxsat berilgan qoidalar, shuningdek, Siz uchun tasmasi (FYF) uchun amal qiluvchi standartlarni oʻz ichiga oladi. Yangi xatarlar va zararlarni bartaraf qilish uchun bu qoidalar muntazam yangilanadi.

Bu qoidalarni batafsil oʻqib chiqishingizga yordam berish uchun ularni mavzu sohasi asosida tuzib chiqqanmiz va har bir qoidani qalin qilib belgilaganmiz. Har bir boʻlim ostida tavsiflar, misollar va umumiy savollarga izohlar uchun Batafsil tugmasini bosing. Misollar hamma narsani qamrab olmaydi (“shu jumladan” iborasini takroriy oʻqimasligingiz uchun bu haqida hozir aytib oʻtyapmiz). Nimalarni ulashish mumkinligiga ikkilansangiz, xushmuomala boʻlish kerakligini yodda tuting va oʻzingiz boshqalardan kutadigan munosabatni ularga ham koʻrsating.

TikTokni barcha uchun samimiy makonga aylantirishdagi yordamingiz uchun rahmat!

Kontent moderatsiyasi

Platformani xavfsiz, ishonchli va joʻshqin saqlash ijodiy ifodani muvozanatlash va zararning oldini olishni talab qiladi. Mos muvozanatni taʼminlash uchun xavfsizlik yondashuvlari birlashmasidan foydalanamiz:

olib tashlashRuxsat etilmagan kontentni

TikTokka qoʻshilgan barcha kontentni platformada erkin ulashish imkoniyatiga ega. Biroq kontentni qoidalarimizni buzadi deb topsak, u xoh ochiq, xoh yopiq holda joylansin, uni olib tashlaymiz.

cheklashYoshlarga mos kelmaydigan kontentni

Platformamizda turli kontentlarga ruxsat beramiz, biroq ularning barchasi ham yoshroq auditoriya uchun mos kelmasligi mumkin. Mos kelmaydigan kontentni faqat kattalar (18 yosh va undan kattalar) koʻrishi uchun uni cheklaymiz. Cheklangan kontent turkumlarini bu yerdan topish mumkin.

mos kelmaydiganTavsiya standartlarimizga FYF kontentini mos emas deb tan olish

FYF tasmasi yangi kontent kashf qilish va yangi auditoriyalarni qamrab olish imkoniyatidir, lekin barcha kontentlar tavsiya etilishi kafolatlanmaydi. Standartlarimizga mos kelmaydigan kontent FYF tasmasida chiqmaydi. Bu standartlarning qisqacha tavsifini bu yerdan topish mumkin.

taqdim etishHamjamiyatimizga axborot, vositalar va resurslar

TikTokdagi taassurotingizni boshqarishingizga yordam beradigan toʻgʻri axborotlarga ega ekaningizga ishonch hosil qilishni istaymiz. Yanada koʻproq kontekst taqdim etish uchun yorliqlar, “rozilik bildirish” ekranlari yoki ogohlantirishlar qoʻshishimiz mumkin. Xavfsizlik vositamiz muayyan heshteglar yoki siz koʻrishni yoqtirmaydigan fikrlarga ega kontentni filtrlashga yordam beradi, shuningdek, biz hisob nazorati va xavfsizlik resurslariga ega ilova ichidagi funksiyalarni ham taklif qilamiz.