TikTok LogoTikTok Logo
Qoidalarni tatbiq qilish

Qoidalarni tatbiq qilish

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

Jamoat manfaatlaridan istisnolar

Qoidalarimizni buzishi mumkin boʻlgan ayrim kontentlar jamoatchilik manfaatlariga mos kelishi mumkinligini tushunamiz. Jamoat manfaatlari – hamjamiyatni xabardor qiluvchi, ragʻbatlantiruvchi yoki taʼlim beruvchi mavzularni bildirib, keng jamoaviy ahamiyatdagi masalalar haqida muhokama qilishga imkon beradi. Biz quyidagi jamoat manfaatlarini istisno qiladigan holatlardan birida kontentning TikTokda qolishiga ruxsat berishimiz mumkin:

  • Hujjatli film
  • Taʼlimiy
  • Tibbiy va ilmiy
  • Jamoatchilik muhokamasi
  • Hajviy
  • Badiiy

Kontent moderatsiyasiga yondashuvimiz, uni kim yaratganidan qatʼi nazar, bir xil mezonlardan foydalanadi. Jamoat manfaatlariga oid istisnolarni oʻrganishda eng muhim omil – bu kontekst, masalan, kontent xabardorlikni oshirishi yoki zararli xatti-harakatlarni tanqid qilishini koʻrib chiqamiz. Tekshiruvimizda yordam berish uchun taglavhalar, ovoz berish yoki stikerlar kabi funksiyalar yordamida kontekstni aniq koʻrsatishga undaymiz.

Biz jamoat manfaatlarini istisno qilgan holda ruxsat etilgan ayrim kontentlarga FYF uchun yaroqsiz deb belgilash yoki yorliqlash, “rozilik bildirish” ekrani yoki ogohlantirish axborotlari kabi qoʻshimcha xavfsizlik choralarini qoʻshishimiz mumkin. Yosh shaxsning xudkushligi yoki jinsiy zoʻrlanishini aks ettirish kabi jiddiy darajadagi zarar keltirishi mumkin boʻlgan kontent uchun jamoat manfaatlarini istisno qilmaymiz.


Aniqlash va xabar berish

Qoidalarimizni buzadigan kontent yoki hisoblar koʻrilishi yoki ulashilishidan oldin ularni olib tashlashni maqsad qilamiz. Kontent oldin avtomatik tekshiruv jarayonidan oʻtadi. Agar kontent ehtimoliy qoidabuzarlik sifatida aniqlansa, u avtomatik tarzda olib tashlanadi yoki moderatorlar guruhimiz tomonidan qoʻshimcha tekshirish uchun belgilanadi. Agar kontent mashhurlikka erishsa yoki u haqida shikoyat qilingan boʻlsa, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkaziladi. Moderatsiya aniqligini dastaklash uchun qoʻshimcha tekshiruv jarayonlaridan allaqachon oʻtgan ayrim hisoblar, masalan, tasdiqlangan hisoblar uchun qoʻshimcha sifat tekshiruvi jarayonlarini tatbiq qilamiz.

Qoidalarimizni amalga oshirish uchun harakat qilsak ham, barcha ulashilgan kontentlar qoidalarimiz yoki Xizmat shartlariga mos kelishini kafolatlamaymiz. Gumon qilingan qoidabuzarliklar ilova va veb-sayt orqali xabar berilishi mumkin. Agar qoidalarimizni buzishi mumkin boʻlgan kontent yoki hisoblarni aniqlasangiz, uni tekshirishimiz va tegishli choralar koʻrishimiz uchun bizga xabar bering.

Shaffoflik markazimiz orqali qoidalarni tatbiq qilish harakatlarimiz haqida batafsil bilib oling.


Bildirishnoma va shikoyatlar

Protsessual adolatni taʼminlash yuzasidan majburiyatimizga koʻra, biz siz qoidalarimizni buzgan boʻlsangiz, bildirishnomalar yuborishga harakat qilamiz. Agar siz biz ruxsat bermagan kontentni joylagan boʻlsangiz, sizga xabar beramiz va olib tashlash sababini koʻrsatamiz. Agar hisobingiz qoidabuzarlik tufayli bloklangan boʻlsa, ilovani keyingi ochganingizda ushbu hisob oʻzgarishi haqida sizga xabar beruvchi banner bildirishnomasini olasiz. Agar Siz uchun tasmasiga (FYF) mos kelmaydigan kontentni joylasangiz yoki boshqa tartibda cheklansa, bunday axborot TikTok tahlil vositasida chiqadi.

Agar hisobingiz bloklansa yoki kontentingiz qoida buzsa, FYF uchun yaroqsiz boʻlsa yoki boshqa tartibda cheklansa va buni xato deb hisoblasangiz, qaror ustidan shikoyat qilishingiz mumkin. Siz ilova ichidagi Xavfsizlik markazida shikoyatingiz holatini, shuningdek, boshqa kontent yoki hisoblar haqida yuborgan har qanday shikoyatlar holatini koʻrishingiz mumkin.