TikTok LogoTikTok Logo
Yoshlar xavfsizligi va sogʻlom hayot tarzi

Yoshlar xavfsizligi va sogʻlom hayot tarzi

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

Biz TikTok 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar (biz ularni “yoshlar” yoki “yosh foydalanuvchilar” deymiz) uchun xavfsiz va ijobiy taassurot boʻlishiga qattiq intilamiz. Bu TikTokdan foydalanish uchun yetarli yoshda boʻlish bilan boshlanadi. Hisobingiz boʻlishi uchun 13 yosh va undan katta boʻlishingiz kerak. Ayrim hududlardagi mahalliy qonunlarga asosan qoʻshimcha yosh cheklovlari boʻlishi mumkin.

AQSHda alohida 13 yoshdan kichiklar uchun TikTok tajribasi mavjud boʻlib, unda qoʻshimcha xavfsizlik himoyasi, jumladan, interfaol funksiyalar cheklovi, Sogʻlom fikr tarmoqlari kontent mosligi baholari va maxsus Maxfiylik siyosati taqdim etiladi. Agar AQSHda tugʻilgan sanangiz 13 yoshdan kichik ekani koʻrsatilgan yangi hisob ochsangiz, siz avtomatik shu tajribaga kirasiz.

Agar kimdir TikTokda minimal yoshdan kichikning hisobi borligini bilsak, biz uning hisobni bloklaymiz. Agar xato sababli bloklandim deb hisoblasangiz, qaror ustidan shikoyat qilishingiz mumkin. Biror hisob egasini minimal yoshdan kichik deb gumon qilgan istalgan shaxs ilovada yoki onlayn tarzda shu hisob haqida shikoyat qilishi mumkin.

Biz yoshlarga psixologik, jismoniy jihoatdan yoki rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontentga ruxsat bermaymiz. Agar hisob egasi jiddiy qoidabuzarlik sodir etganini aniqlasak yoki yosh shaxsga nisbatan jinsiy tajovuz qilganidan xabar topsak, biz bu hisobni, shu jumladan, bu shaxsga tegishli boshqa hisoblarni bloklaymiz. Biz yoshlarning jinsiy ekspluatatsiyasi va ularga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida Bedarak yoʻqolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar milliy markaziga (NCMEC) xabar beramiz. Agar inson hayotiga yoki jiddiy jismoniy shikastlanishga aniq, ishonchli va bevosita tahdid mavjud boʻlsa, tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beramiz.

Yoshlarni rivojlanishga mos va oʻz-oʻzini kashf qilishi uchun xavfsiz makon makonni taqdim etish maqsadida bir nechta chora koʻramiz, jumladan:

  • Muayyan mahsulot funksiyalariga kirish, jumladan, kontent FYF tasmasiga mos boʻlishi uchun 16 yosh va undan kattaroq boʻlish kabi minimal yosh talablarini belgilash
  • Cheklovchi birlamchi maxfiylik sozlamalaridan foydalanish
  • 18 yoshdan kichik boʻlgan odamlarga mos kelmaydigan kontentni cheklash uchun kontent darajalarini ishlab chiqish va sizga kontentni filtrlash variantlarini taqdim etish

TikTok vositalari, boshqaruv elementlari va taʼlim kontenti haqida Yoshlar portalimiz va Vasiy uchun qoʻllanmada batafsil bilib olishingiz mumkin.

Biz platformamizda turli kontentlarga ruxsat beramiz, lekin ularning ayrimlari faqat kattalar uchun mavjud. Yoshroq auditoriyalar uchun cheklangan kontentning qatʼiy “tezkor qoʻllanmasi” mavjud.

CHEKLANADI (18 yosh va undan katta)

Tartibsiz ovqatlanish va tana tasvirlari

  • Potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlari uchun murabbiylikni koʻrsatish, tasvirlash, targʻib qilish, taklif qilish yoki soʻrash, jumladan:
    • Cheklovchi past kaloriyali dietalar, masalan, uzluksiz roʻza tutish
    • Ozish yoki mushaklarni chiqarish uchun dorilar yoki qoʻshimchalar, masalan, anabolik steroiddan foydalanish
    • Tez va sezilarli ozish uchun moʻljallangan mashqlar, masalan, haftada belingiz oʻlchamidek vaznni yoʻqotishga yordam berishni vaʼda qiladigan kardiomashugʻulotlar
  • Ozish yoki mushak chiqarish mahsulotlarini targʻib qilish, oʻzgarishdan oldingi va keyingi natijani ulashish
  • Tana turlarini ideal yoki mukammal sifatida targʻib qilish potensial zararli vaznni boshqarish xatti-harakatlariga aloqador boʻlsa.
  • Xavf haqida ogohlantirishlar boʻlmagan kosmetik jarrohlik, jumladan, avvalgi va keyingi rasmlar, jarrohlik muolajalari videolari va tanlovli kosmetik jarrohlik muhokamasi haqidagi xabarlarni aks ettirish yoki targʻib qilish

Xavfli harakat va chellenjlar

  • Koʻrinib turgan yoki kutilayotgan oʻrtacha jismoniy zararni aks ettirish yoki oʻrtacha jismoniy zararga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatni targʻib qilish
  • Taqlid qilinishi va har qanday jismoniy zararga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatni aks ettirish

Yalangʻochlik va tanani koʻrsatish

  • Kattalarning yarim yalangʻochligini koʻrsatish, masalan, faqat koʻkrak uchlari uchun kiyim kiyish dumbaning asosiy qismini yopib turmaydigan ichki kiyim kiyish

Shahvoniy mazmundagi kontent

  • Shahvoniy oʻpishish, shahvoniy kadr yoki shahvoniy xatti-harakatlarni qilayotgan kattalarni koʻrsatish
  • Jinsiy yaqinlik mahsulotlarini koʻrsatish

Shokka tushiruvchi va shafqatsiz kontent

  • Inson yoki hayvonlar qonini koʻrsatish
  • Haddan ortiq jismoniy kurashni koʻrsatish
  • Huquq-tartibot idoralari bilan toʻqnashuvlar, portlash yoki tabiiy ofat oqibatlari kabi jamoatchilikda qiziqish uygʻotadigan voqealarning shafqatsiz yoki ehtimoliy qaygʻuli tasvirlarini koʻrsatish

Qimor oʻyinlari

  • Qimor yoki qimorga oʻxshash faoliyatlarni koʻrsatish yoki maqtash, masalan, qimor oʻynaydigan shaxsni kadrga olish yoki qimor haqida umumiy ijobiy bayonotlar berish

Spirtli ichimliklar, tamaki va giyohvand moddalar

  • Giyohvand moddalar yoki boshqa tartibga solinuvchi moddalarni muhokama qilish (modda ishlatilmasligi yoki koʻrsatilmasligi sharti bilan)
  • Kattalarning spirtli ichimliklarni haddan tashqari isteʼmol qilishini koʻrsatish
  • Tamaki mahsulotlarini targʻib qilish
  • Kattalarning tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishini koʻrsatish
  • Spirtli ichimliklarni targʻib qilish

Batafsil

Potensial zararli vaznni boshqarish – uzoq muddatda salomatlik yoki sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan tezkor yoki juda koʻp vazn yoʻqotish yoki mushak chiqarish uchun ishlatiladigan parhezlar, dorilar yoki mashqlar.

Oʻrtacha jismoniy jarohatlar professional tibbiy muolajani talab qilmaydigan va nogironlik yoki tashqi koʻrinish buzilishi xavfini yuzaga keltirmaydigan xavf. Bunga minimal qon yoʻqotish va tanadagi mayda koʻkarishlar bilan kichik kesilishlar kiradi.

Yarim yalangʻochlik – asosiy qismi yalangʻoch boʻlishi va yalangʻoch holatga yaqin boʻlish, masalan, bevosita yalangʻochlik yoki intim tana qismlarini minimal yopadigan kiyimlar kiyish.

Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).

Shahvoniy oʻpishish – jinsiy qoʻzgʻalish yoki jinsiy aloqaning boshlanishini koʻrsatadigan oʻpishni bildiradi.

Shahvoniy kadr – kiyimli intim tana qismlarini usullar, masalan, suratga olish, tahrirlash yoki tana qismini kameraning oldiga joylash orqali qasddan urgʻu beradigan kontent.

Shahvoniy xatti-harakat – shahvoniy qoʻzgʻatuvchi sifatida boʻlishi belgilangan xatti-harakatlar, jumladan, intim tana qismlariga urgʻu beradigan ijro yoki takroriy tana harakatlari va shahvoniy jinsiy harakatlar.

Jinsiy aloq mahsulotlari – jinsiy lazzat olish uchun ishlatilishi moʻljallangan obyekt yoik qurilma, masalan, jinsiy oʻyinchoq.

Qimor oʻyinlari – bu natijasi noaniq boʻlgan hodisaga moliyaviy daromad olish uchun pul (jumladan, bitcoin kabi raqamli valyutalar) yoki pul qiymatiga ega boʻlgan narsani tikishdir.

Qimor kabi faoliyatlar – qimor darajasiga chiqmaydigan, lekin xatti-harakatlari oʻxshash yoki shu kabi xatarlarlari bor faoliyatlar, masalan, ijtimoiy kazinolar va qimorga aloqador dasturlar.

Tamaki mahsulotlariga veyping mahsulotlari, tutunsiz yoki yonuvchi tamaki mahsulotlari, sintetik nikotin mahsulotlari, elektron sigaretalar va boshqa elektron nikotin yetkazish tizimlari kiradi.

Tartibga solinadigan moddalar retsept asosidagi dorilar, retseptsiz dorilar, siqilgan havo kaniterlari (uippetlar) va nitrit popperlar.