TikTok LogoTikTok Logo
Xavfsizlik va xushmuomalalik

Xavfsizlik va xushmuomalalik

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

Jismoniy va psixologik xavfsizlik shaxsiy farovonlikning asosini tashkil qiladi, xushmuomalalik esa hamjamiyat rivoji uchun kalitdir. Xushmuomalalik har doim ham rozi boʻlish kerak degani emas, aksincha, bu har bir insonning oʻziga xos qadr-qimmatini tan olish va boshqalar bilan suhbatlashishda harakat, soʻz va ohangda hurmat bilan munosabatda boʻlishdir.

Zoʻravon va jinoiy xatti-harakat

Biz odamlarni jismoniy mojaroga olib kelmaydigan tarzda birlashtirishga intilamiz. Zoʻravonlikka aloqador onlayn kontent haqiqiy dunyoda zarar yetkazishi mumkinligini tan olamiz. Biz zoʻravonlik bilan tahdid qilish, zoʻravonlikni targʻib qilish, zoʻravonlikka undash yoki odamlar, hayvonlar yoki mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan jinoiy faoliyatni targʻib qilishga ruxsat bermaymiz.

Agar inson hayotiga yoki jiddiy jismoniy shikastlanishga aniq, ishonchli va bevosita tahdid mavjud boʻlsa, biz bu haqda tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beramiz.

Zoʻravonlik tasvirlarini oʻz ichiga olgan, lekin zoʻravonlikni targʻib qilmaydigan kontentga qanday munosabatda boʻlishimiz haqida batafsil axborot olish uchun Shokka tushiruvchi va shafqatsiz kontentga qarang.

Batafsil

RUXSAT BERILMAYDI

  • Biror kishiga yoki guruhga jismoniy shikast yetkazish istagini bildirish yoki tahdid qilish
  • Zoʻravonlikni targʻib qilish yoki qoʻzgʻash, masalan, hujumga undash yoki boshqalarga hujum qilishga undash, zoʻravon harakatni maqtash yoki odamlarga boshqalarni qoʻrqitish uchun biror joyga qurollar olib borishni tavsiya qilish
  • Oʻgʻirlik yoki mulkni yoki tabiiy muhitni vayron qilishni targʻib qilish
  • Odamlar, hayvonlar yoki mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan jinoiy harakatlarni qanday bajarish yuzasidan koʻrsatmalar berish

RUXSAT BERILADI

  • Xayoliy muhitlarda zoʻravonlik tahdidlari

Haqorat va nafratomuz xatti-harakat

TikTok hamjamiyati turlicha odamlar bilan kengayib boradi. Farqlarimiz boʻlinish sababiga aylanishi emas, balki qabul qilinishi kerak. Biz hech qanday nafratomuz nutq, haqoratomuz xatti-harakatlar, nafratomuz mafkuralarni targʻib qilishga ruxsat bermaymiz. Bu himoyalangan guruhga hujum qiladigan bevosita yoki bilvosita kontentni qamrab oladi.

TikTokda ijtimoiy masalalar hurmat saqlagan holda qilinishini istaymiz. Kontent himoyalangan guruhlarni bilvosita kamsituvchi boʻlganda FYF uchun mos boʻlmasligi mumkin.

Nafratga qarshi turish, shuningdek, istalmagan munosabatlar, jumladan, fikrlar, duet, ulama video va xabarlashish uchun cheklov parametrlari bilan yordam beradigan vositalar haqida bilib oling.

Batafsil

Nafratomuz mafkuralar – bu shaxslarni himoyalangan sifatlari asosida istisno qilish, ezish yoki boshqa shaklda kamsitadigan mafkuralar tizimlaridir.

Himoyalangan guruhlar umumiy himoyalangan sifatlarga ega shaxslar yoki hamjamiyatlarni bildiradi.

Himoyalangan sifatlar – bu tugʻma, oʻzgarmas yoki ularni majburan oʻzgartirishga urinsa yoki shu sababli hujumga uchragan boʻlsa, ogʻir psixologik muammolarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan shaxsiy xususiyatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Kasta
  • Etnik kelib chiqish
  • Milliy kelib chiqish
  • Irq
  • Din
  • Qabila
  • Immigratsiya maqomi
  • Gender
  • Jinsiy mansubligi
  • Jins
  • Jinsiy oriyentatsiyasi
  • Nogironlik
  • Jiddiy kasallik

Bundan tashqari, biz yoshga aloqador ayrim himoyalarni ham taqdim etamiz va qoʻshimcha kontekst mavjud boʻlganda, masalan, mahalliy nodavlat tashkilot (NNT) tomonidan bizga taqdim etilgan hududiy axborotlar kabi boshqa himoyalangan sifatlarni hisobga olishimiz mumkin. Yuqoridagi atributlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va xalqaro konvensiyalarga asoslangan.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Himoyalangan xususiyat asosida zoʻravonlik, ajratish, kamsitish va boshqa zararlarni targʻib qilish
  • Nafratomuz mafkurani targʻib qilish, jumladan:
    • Himoyalangan guruh ustidan ustunlikni daʼvo qilish, masalan, irqiy ustuvorlik, mizoginiya, LGBTQ+ qarshilik, antisemitizm yoki islomofobiya
    • Himoyalangan guruhni moʻljalga oladigan fitna bayonotlar berish, masalan, Buyuk almashinish nazariyasini dastaklash yoki yahudiylar ommaviy axborot vositalarini boshqaradi deyish
    • Tegishli belgilar va tasvirlardan foydalanish
    • Nafratomuz logotipli kitoblar yoki kiyim-kechaklar kabi haqorat yoki nafratomuz mafkuralarni targʻib qiluvchi har qanday narsalar savdosiga yordamlashish
  • Kimnidir jismonan, aqliy yoki axloqiy jihatdan past deyish yoki bunga shama qilish yoki jinoyatchilar yoki hayvonlar deyish va jonsiz narsalar bilan solishtirish kabi himoyalangan sifatlari asosida insoniylikdan mahrum qilish
  • Himoyalangan atributga aloqador nafratomuz tuhmatdan foydalanish
  • Holokost mavjudligini inkor etish yoki uning qamrovini minimallashtirish yoki Ruandadagi tutsilarga qarshi genotsid kabi himoyalangan guruhlarga zarar yetkazgan yetarlicha dalilga ega tarixiy voqealarni inkor qilish
  • Himoyalangan guruhini bunday himoyalangan sifatga ega bir shaxs tomonidan sodir etilgan yomon harakatlar sababli ayblash, masalan, bir muhojir tomonidan sodir etilgan zararli xatti-harakat sababli barcha muhojirlar xavfli deb hisoblash
  • Himoyalangan sifatlarga ega odamlarni insoniylikdan mahrum qiluvchi yoki ularning mavjudligini rad etuvchi kontent, masalan, odamlar transgender boʻlsa, ularni ruhiy kasal deb aytish
  • Kishiga sobiq ismi bilan murojaat qilish yoki tanlangan shaxsiyatidan boshqa jinsi yordamida jinsini adashtirish yoki shaxsning jinsiy oriyentatsiyasi yoki jinsiy mansubligini oʻzgartirishga intiladigan konversion muolaja dasturlarini targʻib qilish

FYF UCHUN MOS EMAS

  • Himoyalangan guruhlarni bevosita kamsitadigan streotiplar, shaʼma yoki bilvosita bayonotdan foydalanadigan kontent.

RUXSAT BERILADI

  • Maqsadli hamjamiyat tomonidan kamsitmaydigan tarzda ishlatiladigan haqoratlar, masalan, taronada haqorat ishlatish yoki oʻziga murojaat qilish
  • Haqoratomuz nutq haqida xabardorlikni oshiradigan taʼlimiy va hujjatli kontent, jumladan, aloqador zararni muhokama qilish uchun ishlatiladigan haqoratlar
  • Haqoratomuz mafkuralar haqida jamoatchilik muhokamasi, qoralash yoki satira
  • Himoyalangan guruhlarga taʼsir qiladigan ijtimoiy masalalar boʻyicha muhokamalar, jumladan, siyosiy debatlar (bunda himoyalangan sifatga ega odamga hujum qilinmasligi kerak)

Zoʻravon va nafratparast tashkilotlar hamda shaxslar

Sizni ilhomlantiradigan narsani ulashishingizni istaymiz, lekin TikTok zoʻravonlik yoki nafratga undaydigan tushuncha yoki propaganda yoyiladigan joy emas. Biz platformamizda zoʻravon va nafratparast tashkilotlar yoki shaxslarning boʻlishiga ruxsat bermaymiz. Bu ishtirokchilarga zoʻravon ekstremistlar, zoʻravon jinoiy tashkilotlar, zoʻravon siyosiy tashkilotlar, nafratparast tashkilotlar va seriyali yoki ommaviy zoʻravonlikning alohida jinoyatchilari kiradi. Agar shunday subyekt platformamizda boʻlishi mumkinligidan xabar topsak, hisobni bloklashga olib kelishi mumkin boʻlgan, jumladan, platformadan tashqaridagi xatti-harakatlarni batafsil tekshiramiz.

Koʻpincha bu subyektlarning gʻoyalari boshqalar tomonidan kengaytiriladi. Biz hech kimga zoʻravon yoki nafratli subyektlarni targʻib qilish yoki moddiy yordam berishni dastaklashga ruxsat bermaymiz. Neytral hisoblanadigan kontent, masalan, nafratparast tashkilotlar yoki shaxsdan iqtibos keltirganda maqsad uni targʻib etish emasligi aniq koʻrsatilishi kerak. Zoʻravon siyosiy tashkilotlar haqida muhokamalar uchun cheklangan istisnolar qilamiz.

Batafsil

Moddiy yordam – bu moliyaviy yordam, tovarlar yoki xizmatlarni zoʻravon tashkilotlar yoki shaxslar yoki ularning oqibatini targʻib qilish uchun berishdir. Bu yollash, mablagʻ yigʻish, tovarlar sotish va oʻqitish materiallarini targʻib qilishni oʻz ichiga oladi.

Zoʻravon ekstremistlar – siyosiy, diniy, etnik yoki mafkuraviy sabablarga koʻra tinch aholiga tahdid soluvchi yoki zoʻravonlik qoʻllaydigan nodavlat guruhlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan guruhlar.

Zoʻravon jinoiy tashkilotlar – zoʻravonlik, odam savdosi va odam oʻgʻirlash kabi ogʻir jinoyatlarni sodir etuvchi transmilliy, milliy yoki mahalliy guruhlar.

Zoʻravon siyosiy tashkilotlar – fuqarolarni emas davlat ijrochilarini (masalan, milliy harbiy kuchlar) asosiy nishonga oladigan zoʻravon harakatlar qiladigan guruhlar, siyosiy nizolarning (masalan, terroristic daʼvolar) bir qismi sifatida ishtirok etadi.

Nafratparast tashkilotlar – bu himoyalangan sifatlar asosida odamlarni nishonga oladigan guruhlardir, jumladan, ular nafrat qoʻzgʻatish, shaxslar yoki guruhlarni insoniylikdan mahrum qilish va nafratomuz mafkuralarni targʻib qilish kabi harakatlarni amalga oshiradi.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Platformada yoki undan tashqarida zoʻravonlik yoki nafratomuz mafkuralarni targʻib qiluvchi tashkilotlar yoki shaxslar tomonidan boshqariladigan hisoblar
  • Zoʻravon siyosiy tashkilotlarga moddiy yordam berish yoki ular qilgan zoʻravonlikni targʻib qilish
  • Targʻib qilish (jumladan, har qanday maqtov, olqishlash yoki manifestlarini ulashish) yoki quyidagilarga moddiy yordam koʻrsatish:
    • Nafratparast tashkilotlar
    • Seriyali yoki ommaviy zoʻravonlikni amalga oshiruvchi yoki nafratparast mafkuralarini targʻib qiluvchi shaxslar
    • Zoʻravon jinoiy tashkilotlar
    • Zoʻravon ekstremistlar

RUXSAT BERILADI

  • Zoʻravon siyosiy tashkilotni muhokama qilish (zoʻravonlik targʻib qilinmasa)
  • Zoʻravon va nafratli subyektlar keltirgan zarar haqida xabardorlikni oshiruvchi oʻquv va hujjatli kontent

Yoshlarga jinsiy va jismoniy zoʻravonlik

Biz TikTokni yoshlar uchun xavfsiz va ijobiy joyga aylantirishga qattiq intilamiz. Biz yoshlarga jinsiy yoki jismoniy zoʻravonlik qilish yoki ekspluatatsiyani koʻrsatish, targʻib qilish yoki ishtirok etishga ruxsat bermaymiz. Bu bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik materiali (CSAM), ishonchga kirish, jinsiy shantaj qilish, pedofiliya va yoshlarga jismoniy yoki psixologik zarar yetkazishni qamrab oladi.

Biz yoshlarning jinsiy ekspluatatsiyasi va ularga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida Bedarak yoʻqolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar milliy markaziga (NCMEC) xabar beramiz. Agar inson hayotiga yoki jiddiy jismoniy shikastlanishga aniq, ishonchli va bevosita tahdid mavjud boʻlsa, tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beramiz. Agar gumon qilingan CSAM koʻrsangiz, darhol ilovada yoki vebsaytda shikoyat qiling. Yuklab olmang yoki CSAM kontentni hech bir usulda ulashmang.

Agar siz yoki tanishlaringiz yoshlarga nisbatan zoʻravonlik yoki jinsiy ekspluatatsiyani boshdan kechirgan boʻlsangiz, yordam olishlaringiz mumkin. Hududingizdagi ishonch telefoni yoki xizmat provayderiga murojaat qiling. Agar bevosita xavf ostida boʻlsangiz, mahalliy favqulodda xizmatlarga murojaat qiling.

Batafsil

Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik materiali (CSAM) deganda istalgan kishi tomonidan ulashilgan yoki yaratilgan yosh shaxsning har qanday shahvoniy materiali, jumladan, mustaqil yaratilgan CSAM yoki yuqori reallikdagi raqamli yoki SI yaratgan kontent tushuniladi. Shahvoniy material jinsiy harakatlar yoki jinsiy zoʻravonlik, yoshlarning tanasini shahvoniylashtirish yoki yosh shaxsning tana qismlarini fetishizatsiya qilishni nazarda tutuvchi yoki koʻrsatuvchi kontentni qamrab oladi.

Ishonchga kirish – bu biror kishining jinsiy zoʻravonlik yoki ekspluatatsiya maqsadida yosh shaxs bilan doʻstona munosabatda boʻlishi yoki ishonchli munosabatlar oʻrnatishidir.

Jinsiy shantaj qilish – bu odatda pul olish, jinsiy harakatlar yoki koʻproq yalangʻoch, intim yoki shahvoniy kontentni olish uchun yalangʻoch, intim yoki shahvoniy mazmundagi kontentni roziliksiz ulashish tahdididir.

Jinsiy shilqimlik – bu shaxsga qaratilgan istalmagan jinsiy aloqa yoki xatti-harakatlardir. Bu platforma orqali shahvoniylashtirish (masalan, duet yoki stiker orqali jinsiy harakatni taqlid qilish), jinsiy tana aʼzolari yoki jinsiy faoliyat haqida bayonotlar qilish yoki shaxsning jinsiy hayoti (masalan, jinsiy tarixi yoki hamrohlari yoki jinsiy orientatsiyasi) haqida maʼlumot ulashish yoki ulashishini tahdid qilishni qamrab oladi.

Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).

RUXSAT BERILMAYDI

  • Yoshlar jinsiy yoki jismoniy zoʻravonligi yoki ekspluatatsiyasini koʻrsatish, targʻib qilish yoki ishtirok etish, jumladan:
    • Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik materiali (CSAM), jumladan, yalangʻochlik yoki jinsiy harakatni koʻrsatmasa ham, asl materialdan har qanday skrinshot yoki har qanday lavha
    • Katta yoshli va yosh bola oʻrtasida ishqiy munosabatlar, jumladan, pedofiliya yoki yoshlarga qiziqib qolgan katta yoshli deb oʻzini belgilash
    • Ishonchga kirish
    • Jinsiy shantaj qilish
    • Jinsiy shilqimlik
    • Jinsiy shilqimlik qilish, jumladan, yoshni jinsiy aloqada boʻlishga, platformadan tashqariga chiqishga yoki shahvoniy tasvirlarni ulashishga taklif qilish (hatto boshqa yosh shaxs tomonidan taklif qilingan boʻlsa ham)
  • Yoshlarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik, mensimaslik, xavf-xatarga qoʻyish yoki psixologik zoʻravonlik aks ettirish yoki targʻib qilish
  • Zoʻravonlik yoki ekspluatatsiyaga duch kelgan yoshlarni qayta qurbonga aylantirish, jumladan, uchinchi shaxslarning qayta ulashishi orqali

RUXSAT BERILADI

  • Zoʻravonlik zararlari yoki ekspluatatsiyaga aloqador oʻquv va hujjatli kontent (bunday kontentni koʻrsatmasligi yoki grafik tasvirlab bermasligi kerak)

Kattaga jinsiy va jismoniy zoʻravonlik

Biz gender tengligini oʻz ichiga olgan, sogʻlom munosabatlarni dastaklaydigan va shaxsiy daxlsizlikni hurmat qiladigan makonni taqdim etishga intilamiz. Bu qadriyatlarni buzish travmaga sabab boʻlishi hamda jismoniy va ruhiy Zarar yetkazishi mumkin. Biz kattalarga jinsiy yoki jismoniy zoʻravonlik qilish yoki ekspluatatsiyani koʻrsatish, targʻib qilish yoki ishtirok etishga ruxsat bermaymiz. Bu roziliksiz jinsiy harakatlar, tasvirga asoslangan jinsiy tahqirlash, jinsiy shantaj qilish, jismoniy zoʻravonlik va jinsiy shilqimlikni qamrab oladi.

Agar siz yoki tanishlaringiz yoshlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik yoki ekspluatatsiyani boshdan kechirgan boʻlsangiz, yordam olishlaringiz mumkin. Hududingizdagi ishonch telefoni yoki xizmat provayderiga murojaat qiling. Agar bevosita xavf ostida boʻlsangiz, mahalliy favqulodda xizmatlarga murojaat qiling. Agar siz platformamizda shaxsiy daxlsizlik buzilishiga duch keldim deb hisoblasangiz, bu haqida xabar berishingiz mumkin.

Batafsil

Roziliksiz jinsiy harakatlar faoliyatda ishtirok etayotgan biror kishining roziligisiz sodir boʻladigan har qanday jinsiy aloqani bildiradi. Bu har qanday roziliksiz jinsiy harakatlar, masalan, zoʻrlash va jinsiy tajovuz.

Tasvirga asoslangan jinsiy tahqirlash shaxsning roziligisiz jinsiy maqsadda yaratilgan yoki taqsimlangan intim tasvirlariga (real yoki oʻzgartirilgan) egalik qilish, tarqatish yoki yaratish yoki foydalanish uchun koʻrsatmalar berish. Kontent ruxsat bilan olingan boʻlsa ham, rozilik tarqatilishi mumkin.

Jinsiy shantaj qilish – bu odatda pul olish, jinsiy harakatlar yoki koʻproq yalangʻoch, intim yoki shahvoniy kontentni olish uchun yalangʻoch, intim yoki shahvoniy mazmundagi kontentni roziliksiz ulashish tahdididir.

Jinsiy shilqimlik – bu shaxsga qaratilgan istalmagan jinsiy aloqa yoki xatti-harakatlardir. Bu platforma orqali shahvoniylashtirish (masalan, duet yoki stiker orqali jinsiy harakatni taqlid qilish), jinsiy tana aʼzolari yoki jinsiy faoliyat haqida bayonotlar qilish yoki shaxsning jinsiy hayoti (masalan, jinsiy tarixi yoki hamrohlari yoki jinsiy orientatsiyasi) haqida maʼlumot ulashish yoki ulashishini tahdid qilishni qamrab oladi.

Intim tana qismlari – jinsiy aʼzolar, dumba va koʻkraklar (jumladan, koʻkrak uchlari va uning atrofi).

RUXSAT BERILMAYDI

  • Quyidagilarni koʻrsatish, targʻib qilish yoki ishtirok etish:
    • Roziliksiz jinsiy harakatlar, tasvirga asoslangan jinsiy tahqirlash yoki jismoniy zoʻravonlik (uydagi zoʻravonlik)
    • Jinsiy shilqimlik
    • Jinsiy shantaj qilish

RUXSAT BERILADI

  • Zoʻravonlik yoki ekspluatatsiyadan omon qolganlar tajribalarini ulashishi (bunday kontentni koʻrsatmasligi yoki grafik tasvirlab bermasligi kerak)
  • Jinsiy ekspluatatsiya va jins asosidagi zoʻravonlikning zararlari haqida ogohlikni oshirishga aloqador oʻquv va hujjatli kontent (bunday kontentni koʻrsatmasligi yoki grafik tasvirlab bermasligi kerak)

Odam savdosi va kontrabandasi

Biz shaxsiy insoniy qadr-qimmatni himoya qilishga va TikTok platformamiz zaif odamlardan foyda olishga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlashga intilamiz. Biz odam savdosi va kontrabandasiga ruxsat bermaymiz. Biz odam savdosi va kontrabandasidan omon qolganlar oʻz hikoyalarini ulashishi va muhojirlar uchun sayohatlarini hujjatlashtirish qanchalik muhimligini tushunamiz, shuning uchun biz buni amalga oshirish uchun joy beramiz.

Biz yoshlarning jinsiy maqsadlarda odam savdosi holatlari haqida Bedarak yoʻqolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar milliy markaziga (NCMEC) xabar beramiz. Agar inson hayotiga yoki jiddiy jismoniy shikastlanishga aniq, ishonchli va bevosita tahdid mavjud boʻlsa, tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beramiz.

Batafsil

Odam savdosi – zamonaviy qullikning bir shakli boʻlib, mahalliy yoki xalqaro darajada sodir boʻladi va qurbonlarni ishga yollash yoki ularning yetkazilishini muvofiqlashtirish va kuch, firibgarlik, majburlash yoki aldash orqali ekspluatatsiya qilishni qamrab oladi. Bu jinsiy aloqa, mehnat, bolalar yoki organlar savdosi, majburiy turmushga berish, majburiy jinoyatga jalb qilish (masalan, ekspluatatsion tilanchilik), uy xizmatkorligi va bola askarlarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Odam kontrabandasi odamning boshqa mamlakatga noqonuniy kirishiga yordam berish orqali daromad olishni oʻz ichiga oladi. Bu transport, maslahat, shaxsni aniqlash va sayohat hujjatlarini firibgarlik bilan taʼminlashni oʻz ichiga olishi mumkin.

RUXSAT BERILMAYDI

  • Odam kontrabandasi harakatlari va xizmatlarini amalga oshirish yoki muvofiqlashtirish
  • Odam savdosi harakatlarini yollash yoki muvofiqlashtirish

RUXSAT BERILADI

  • Boshqa mamlakatga koʻchish istagini bildirish yoki muhojirning sayohatini aks ettirish (agar u kontrabandachilarning sayohatga aloqadorligini ochiq-oydin koʻrsatmasa)
  • Inson huquqlariga aloqador zoʻravonliklar va gumanitar inqiroz sababli mamlakatdan qanday ketish boʻyicha yordam soʻrash yoki maʼlumot ulashish
  • Omon qolganlarning odam savdosi va kontrabandasi yuzasidan oʻz tajribalari bilan ulashishi
  • Odam savdosi va kontrabandasining zarari haqida xabardorlikni oshiruvchi oʻquv va hujjatli kontent

Tajovuz yoki bezorilik

Biz turli fikrlarning hurmat bilan ifodalanishini xush qabul qilamiz va har kim oʻz ovozini kamsitilish yoki bezorilik qurboni boʻlishdan qoʻrqmasdan ulashishini taʼminlashni istaymiz. Biz bezovta qiluvchi, kamsituvchi yoki bezorilik qiluvchi bayonotlar yoki xatti-harakatlarga ruxsat bermaymiz. Bu bunday harakatlarga javoban taʼqib qilish bilan javob berishni oʻz ichiga oladi.

Biz jamoat arboblari omma eʼtiboridagi odamlar ekanini tan olamiz, salbiy nutqqa qarshi turish usullariga egamiz va ularga aloqador ayrim kontentlar tomosha uchun jamoat manfaatlari tarkibiga kirishi mumkin. Biz jamoat arboblari haqida ayrim salbiy yoki tanqidiy fikrlar yoki tasvirlar boʻlishiga ruxsat beramiz. Lekin biz boshqa siyosatlarni buzuvchi kontentni (masalan, tajovuzkor tahdidlar, haqoratlar yoki jinsiy ekspluatatsiya), shuningdek, tahqirlashning jiddiy shakllarini (masalan, doksing yoki kimdir jiddiy jismoniy shikastlanishini istash kabi) olib tashlaymiz.

Agar siz yoki tanishlaringizga nisbatan bezorilik qilinsa, yordam olishingiz mumkin. Biz yordam resurslarini, shuningdek, zararli munosabatlarni cheklashga yordam beradigan vositalarni, jumladan, fikrlar, duet, ulama video va xabarlashuv imkoniyatlarini cheklashni taklif etamiz.

Batafsil

Doksing zararli niyat bilan biror kishi haqidagi shaxsiy axborotlarni onlayn nashr qilishni oʻz ichiga oladi. Biz niyat subyektiv boʻlishi mumkinligini tan olamiz, shuning uchun biz uni tushunishimizga yordam berish uchun tagyozuvlar va heshteglar kabi obyektiv koʻrsatkichlardan foydalanamiz.

Jamoat arboblari – mamlakat amaldori, siyosatchi, biznes lider yoki mashhur shaxs kabi muhim ijtimoiy rolga ega boʻlgan voyaga yetgan (18 yosh va undan katta) shaxslardir. Biz 18 yoshga kirmagan shaxslarni jamoat arbobi sifatida belgilamaymiz.

Xususiy shaxslar – bu 18 yoshdan kichik barcha shaxslar va jamoat arboblari boʻlmagan kattalardir (18 yosh va undan katta).

RUXSAT BERILMAYDI

  • Jismoniy noqulaylikni boshdan kechirgan shaxsni tashqi koʻrinishi, aqliy qobiliyati yoki shaxsiy holati (masalan, gigiena, jismoniy yoki tibbiy tarixi) asosida kamsitish
  • Biror kishi boshqa shaxs yoki guruh tomonidan jismoniy zoʻravonlikka uchraganini aks ettirish
  • Tragediyani boshdan kechirgan shaxsni kamsitish yoki qayta qurbonga aylantirish, masalan, ular shunga loyiq ekanini daʼvo qilish yoki ularning boshdan kechirganlarini yerga urish yoki rad etish
  • Shaxsning jismoniy xavfsizligini ularga tahdid qilib yoki ularning oʻlimi, jiddiy kasallik yoki boshqa ogʻir jismoniy jarohat olishini istashini ifodalash orqali putur yetkazish
  • Tahdid qilish yoki boshqalarni doksing qilish yoki kimningdir hisobini buzishga undash yoki hisob maʼlumotlarini ulashish yoki buzib kirish
  • Boshqalarni shaxsni bezovta qilish yoki muvofiqlashtirilgan tahqirlash, masalan, haqoratlovchi tilda fikrlar yozish yoki hisob ustidan zararli shikoyat qilish uchun odamlarga yordam berish

RUXSAT BERILADI

  • Shaxsning kontenti yoki harakatlarini tanqid qilish (agar bu uning xususiyatlarini tanqid qilmasa)
  • Jamoatchilik muhokamasi yoki taʼqib yoki bezorilikni qoralash (bunda javob tajovuzi boʻlmasligi kerak)
  • Jamoat arboblarining ayrim salbiy yoki tanqidiy fikrlari yoki rasmlari (agar ular tahqirlashning jiddiy shakllarini tashkil etmasa yoki boshqa siyosatlarni buzmasa)
  • Tajovuz va bezorilikning zarari haqida xabardorlikni oshiruvchi oʻquv va hujjatli kontent