TikTok LogoTikTok Logo
Hamjamiyat tamoyillari

Hamjamiyat tamoyillari

2024-yil 17-aprelda chiqarilgan

2024-yil 17-maydan kuchga kirgan

TikTokda inson huquqlarini himoya qilishga sodiqligimizga asoslangan sakkizta asosiy hamjamiyat tamoyili mavjud. Tamoyillarimiz kundalik ishimizni shakllantiradi va qiyin ijro qarorlariga nisbatan yondashuvlarimizni yoʻnaltiradi. Ularning asosini quyidagi mavzular tashkil qiladi:

  • Zararning oldini olish va ifodalashni muvozanatlash
  • Insoniy qadr-qimmatni himoya qilish
  • Harakatlarimiz adolatliligini taʼminlash

Bu tamoyillar baʼzida bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin va birini boshqasidan ustun qoʻyayotganda vaziyatni diqqat bilan mulohaza qilib koʻramiz. Bunday mulohazalar xalqaro huquqiy meʼyorlar va sohaning eng yaxshi amaliyotlari, jumladan, BMTning biznes va inson huquqlari boʻyicha yoʻnaltiruvchi tamoyillari, Inson huquqlari boʻyicha xalqaro qonun loyihasi, Bolalar huquqlari boʻyicha konvensiya va Santa Klara tamoyillariga asoslanadi. Hamjamiyat, xavfsizlik va jamoat salomatligi boʻyicha ekspertlar va Maslahat kengashlarimizga ham yordam uchun murojaat qilamiz.

  1. Zararning oldini olish: Asosiy eʼtiborimiz TikTok xavfsizligini saqlashga va u xursandchilik makoni ekanligini taʼminlashga qaratilgan. Biz kontent yoki xatti-harakatlarning xilma-xil hamjamiyatimizga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan koʻplab usullarini hisobga olamiz. Bu jismoniy, psixologik, moliyaviy va maxfiylikka zararlarni, shuningdek, ijtimoiy zararlarni oʻz ichiga oladi. Erkin fikr bildirish bilan toʻgʻri muvozanatni saqlash uchun biz kontentni faqat kerak boʻlganda va soʻz erkinligiga taʼsirini minimallashtirishga harakat qiladigan tarzda cheklaymiz.
  2. Erkin fikr bildirishga imkon berish: Fikr bilan namoyon boʻladigan ijodkorlik joʻshqin hamjamiyatimizga kuch beradi. Platformamizda erkin ulashish imkoniyatini taqdim etish va soʻz erkinligiga toʻsqinlik qiladigan haqoratli xatti-harakatlarga qarshi faol kurashish orqali ushbu tamoyilni hurmat qilamiz. Biroq erkin fikr bildirish mutlaq huquq emas – u har doim uning ehtimoliy zarariga proporsional ravishda hisobga olinadi va Siz uchun tasmasida kontentingiz tavsiya etilishiga tatbiq etilmaydi.
  3. Xushmuomalalikni ragʻbatlantirish: Xushmuomalalik odamlar orasida oʻzaro hurmatni shakllantiradi va hamjamiyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Bizning internetda bir-birimiz bilan munosabatga kirishish usulimiz ayrim holatlarda boshqalar bilan ijobiy aloqalarga tahdid solishi mumkin, shu bois TikTokda xushmuomala boʻlish missiyamizni bajarish uchun juda muhimdir. Bu har bir insonning oʻziga xos qadr-qimmatini tan olish va oʻzimizni xuddi yuzma-yuz turgandek tutishni anglatadi. Fikr bildirish maydoni bilan taʼminlash maqsadida biz jamoat arboblarini ijtimoiy jihatdan tanqid qilishga ruxsat beramiz.
  4. Mahalliy muhitni hurmat qilish: TikTok 150 dan ortiq mamlakatdagi milliarddan ortiq odamlarni bitta umumiy raqamli maydonda birlashtiradi. Biz global yondashuvimizda uning mintaqalarga taʼsiri hisobga olinishi va xalqaro tan olingan inson huquqlari asosini saqlab qolgan holda tavsiyalarimiz mintaqaviy miqyosda tatbiq etilishini taʼminlash maqsadida mintaqaviy ekspertlar va mahalliy hamjamiyatlar bilan hamkorlikda ishlaymiz.
  5. Bagʻrikenglikni qoʻllab-quvvatlash: Biz butun dunyo ahli platformamizda oʻzlariga nisbatan doʻstonalikni his qilishini xohlaymiz. Biz turli madaniyat, oʻziga xoslik, tashqi koʻrinish, qarash, qiziqish va tajribalarni qadrlaymiz va olqishlaymiz. Biz ayrim hamjamiyatlarga tarixan ishtirok etish uchun kamroq imkoniyatlar berilganini bilamiz, shuning uchun biz insonning tenglik va ijtimoiy yakkalangan guruhlarga nomutanosib ravishda taʼsir qiladigan zararlarni yumshatish tamoyiliga sodiqmiz.
  6. Shaxs maxfiyligini himoyalash: Biz hamjamiyatimiz va platforma kontentida koʻrsatilgan yoki muhokama qilingan shaxslarning maxfiyligini himoyalash va hurmat qilishga intilamiz. Biz platformada ulashilgan kontent hech kimning shaxsiy axborotlarini oshkor qilmasligi yoki uning shaxsiy daxlsizligiga tajovuz qilmasligini taʼminlashga harakat qilamiz.
  7. Shaffoflik va izchillikni taʼminlash: Har kim qoidalarimiz va standartlarimizni va ular qanday tatbiq qilinishini bilish huquqiga ega. Biz siyosat va amaliyotlarimiz haqida aniq xabar berishga, ularni izchil va adolatli tatbiq qilishga va Shaffoflik markazimizda tatbiq qilishga oid saʼy-harakatlarimizni ulashishga intilamiz. Mahalliy kontekst yoki inkluzivlik kabi izchillikdan koʻra boshqa tamoyilni birinchi oʻringa qoʻyishimiz kerak boʻlganda qoidalarda aniq koʻrsatamiz.
  8. Halol va adolatli boʻlish: Har kuni millionlab kontentni moderatsiya qilish – murakkab ish va buning uchun ishonchli jarayonni ishlab chiqish juda muhimdir. Biz xolis boʻlish va dalillarga asoslanishga, adolatli natijalarga erishishga, majburiy ijro choralari haqida xabar berishga va shikoyat qilish imkoniyatini taqdim etishga intilamiz.